E1518 moddasi haqida
Assalomu alaykum! Biz qandolatchilik bilan shug‘ullanamiz. Biz ishlatadigan hid taratuvchi esentsiyamiz tarkibida E1518 bor ekan. Shu modda haromligi haqida ba’zilar bizni shubhalantirib qo‘yishdi. Bu haqida qidirmagan joyimiz qolmadi. Oxiri sizlarni bezovta qilishga majbur bo‘ldik. Agar shu haqida ma’lumot bo‘lsa ulashsangiz. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uni haromligi haqida qat’iy dalil yo‘q. Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan. Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi. Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi. Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:13 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom