Tajvidsiz yod olish

Assalamu alaykum! Meni anchadan buyon bir savol qiziqtiradi. Agar noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Qur’on suralarini tajvid qoidalariga amal qilmay yod olgan inson, shu suraning fazilatlaridan bahramand bo‘ladimi? Misol uchun "Falaq va Nos" suralarining saqlashiga, "Mulk" surasining shafoatiga erisha oladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Oli Imron” surasi 195-oyatida : Robblari ularga: «Men sizlardan erkagu ayol amal qiluvchining amalini zoe qilmasman... (Tafsiri Hilol) deb marhamat qilgan. Inson zarracha qilgan amalining savobidan bebahra bo‘lmaydi. Ushbu suralar qalbida bo‘lgan inson ular qalbidi bo‘lmagan insondan albatta fazilatli bo‘ladi. Lekin o‘shanday tajvidsiz holatda qolib ketish yaxshi emas. Hozirgi kunda madrasa va mahadlarda mutaxssis bo‘lgan kishilar bor. Imkon topganingizda ulardan so‘rab, xatolaringizni to‘g‘rilab olishingiz mumkin. Qolaversa texnika rivojlanib Qur’oni Karim qoidalarini o‘rganish oson bo‘lib ketdi. Ozroq himmat qilinsa bo‘ldi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar