G‘usl haqidagi javob
Assalomu alaykum! Ustozlar meni 1001 savolga javob juda kattik o‘ylantirib qo‘ydi. Er va ayoli yaqinlikdan so‘ng ayol kishi g‘usl qilganda soch qismini butunlay yuvishi kerakmi yoki sochni tepaga o‘rab mash tortishi kifoyami? Menga kuyov jo‘ra do‘stim ayol kishiga mash kifoya degan edi. Agar mash kifoya bo‘lmasa shu paytgacha ayolimning g‘usli mukammal bo‘lmagan bo‘ladimi? Ya’ni u mash tortar edi. Junub holida namoz o‘qigan bo‘ladimi? Shunday ya’ni junublikda namoz o‘qilgan bo‘lsa nima qilishimiz kerak? Kafforot ayolimning zimmasiga vojib bo‘ladimi yoki meni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kuyov jo‘rangiz masalani bilmas ekan. Fiqhiy masalalarni kuyov jo‘radan emas, balki ahli ilmlardan so‘raladi. Tutilgan ro‘zalarga zazar yo‘q, kaffarat ham yo‘q, lekin namozlar qayta o‘qiladi. Mabodo g‘usl qilganidan keyin alohida sochini o‘zini yuvgan bo‘lsa ham, faqat o‘shandan keyingi namozlarini qayta o‘qimasligi mumkin. Chunki g‘uslda amallar paydar-pay bo‘lishi shart emas. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 18:24 | Savol-javoblar | 199 | Oila va turmush