Haj safariga borish

Assalomu alaykum! Bir tog‘am bo‘lib, yoshi 50 da. 70 dan oshgan dodam va buvimni ancha qiynab qo‘ydi, Tog‘am nima qiladi hech kim bilmaydi, xech qarzi tugamaydi, ular haj safariga boramiz deydilaru o‘g‘li qarzligi uchun bora olishmaydi. Lekin qarzlari endi tugadi desa yana qilaveradi. Buni adosi yo‘q. Shunga ular haj safariga chiqsalar bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hajga etadigan shaxsiy pullari bo‘lsa, ularning zimmalariga haj farz bo‘ladi. O‘g‘lining qarzlariga qaramaslik kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar