Hibani qaytarib olish

Assalomu alaykum! Xadisda xibani qaytarib olgan inson qoralangan. Kifoya kitobida xibani qaytarib olish fiqxi bor. Xadisdagi qoralangan kishi qanday kishi bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatga qaraladi. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ لَنَا مَثَلُ السَّوْءِ، الَّذِي يَعُودُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَرْجِعُ فِي قَيْئِهِ  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizda yomon xislat bo‘lmaydi. Hibasini qaytib olgan qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», dedilar». 
(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Ushbu hadisi sharifdan hibani qaytarib olish yomon xislat ekani tushuniladi. Ammo  bu evaz kutmasdan xolis tabarru’ qilgan kishi haqidadir. عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال  رسول الله صلى الله عليه وسلم  :الرجل أحق بهبته ما لم يثب منها Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Javob hadyasi olmagan kishi o‘zining hibasiga haqliroqdir», dedilar». 
Ibn Moja rivoyati.
Javob kutib hiba qilgan kishi esa unga javob hadyasi kelmasa uni qaytarib olishi mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 165 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar