Istinjo haqida
Assalomu alaykum! Har bir tahoratdan oldin istinjo qilish kerakmi? Yoki hojatga chiqilgan bo‘lsa istinjo qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juda ko‘p insonlar tahorat istinjo bilan boshlanadi degan tushunchada ekanlar. Bu qo‘pol xatodir. Ulamolarimiz buni bid’at deganlar. Istinjo qilish hojati tushgandagina bo‘lib, u ikkiga bo‘linadi. Birinchisi vojib bo‘lgan, ikkinchisi mustahab. Najosat chiqqan joyidan bir dirham miqdoricha tarqalsa, istinjo qilish vojib. Bu xuddi badani va kiyimiga bir dirham miqdoricha najosat tekkandagi kabi. Undan kichik bo‘lsa mustahab. Shuning uchun bavl qilganda shamollashdan qo‘rqqan kishilar bavlning tarqalishi bir dirhamdan oz bo‘lsa, kesak bilan quritib olsalar ham bo‘ladi. Bu dinimizning engilligidir. Shuningdek, el chiqib tahorat singanda ham tahoratni istinjo bilan boshlamay qo‘lni yuvishdan boshlash mumkin. Vallohu a’lam.
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 270 | Tahorat