Shak kuni ro‘za tutsa bo‘ladimi
Shak kuni ro‘za tutsa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shak kuni nafl ro‘za tutmoq odatda tutiladigan ro‘zasiga to‘g‘ri kelib qolganlar va xos kishilar uchun afzaldir. Ulardan boshqalar kunduzning yarmidan keyin og‘izlarini ochadilar. Shak kuni Ramazondan boshqa vojib ro‘zani niyat qilish makruhdir. Agar ertaga Ramazon bo‘lsa, ro‘za tutdim, bo‘lmasa yo‘q, deb niyat qilsa, ro‘zasi ro‘za bo‘lmaydi. Ramazon ro‘zasi va undan boshqa ro‘za niyatida taraddudga tushish makruhdir. Agar ertasiga Ramazonligi ayon bo‘lsa, ro‘za Ramazon ro‘zasi o‘rniga o‘tadi. Bo‘lmasa, nafl bo‘ladi. Kim ro‘za tutish yoki ochish hilolini yolg‘iz o‘zi ko‘rsa va uning gapi rad qilinsa ham ro‘za tutadi. Agar tutmasa, qazosini tutadi. Unga kafforot vojib bo‘lmaydi.
1 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 168 | Ro‘za