Ro‘za tutish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ulug‘ Ramazon oyi muborak bo‘lsin. Alloh qilayotgan ishingiz barokatini bundanda ziyoda qilsin. Savollarim turlicha,
bir do‘stim doim burniga dori(naftizin) tomizib yuradi. Burnida kasalligi bor, nafas yo‘llari bekilib qoladi, shu bois hozir ro‘za tuta olmayapti. Ro‘zador bo‘la turib burunga dori tomizib yursa bo‘ladimi?
2. Shariatimizda ayollarga velosiped uchishga ruxsat bormi?(savolim bemani bo‘lsa uzr so‘rayman)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani tomoqdan ichkariga o‘tgan narsa buzadi. Shuning uchun tahorat va g‘uslda burniga suv olgan kishi burnini achishtirmay yuvishga buyurilinadi. Burniga dori tomizgan kishining ro‘zasi ochiladi. Chunki u halqumi orqali ichkariga o‘tadi. Sprey sepilganda ham uning mazasi tomog‘idan o‘tsa ro‘zasi ochiladi. Sovunga o‘xshash mavjud dorini burningiz teshigini atrofiga surtib dimog‘ingizni ochishingiz joiz. 2). O‘zingiz yozganingizdek bema’ni ish. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar