Farzandlar mablag‘larini bir erga to‘plash mumkinmi?
Assalomu alaykum! Meni to‘rt nafar o‘g‘illarim bor. Uch nafarini uylaganman, kichigini endi uylamoqchiman. O‘g‘illarimga uy-joy qilish maqsadida ular va kelinlar bilan kelishgan xolda topayotgan oylik maoshlari va daromadlarini bir erga to‘playapmiz, sababi birgalikda tezroq uy-joy qilish va kichik ukalarini uylash edi. Yaqinda bir tanishim siz noto‘g‘ri qilayapsiz, bu qilgan ishingiz bilan bo‘yningizga qarzni yuklab olayapsiz. Sababi o‘g‘illaringiz biri ko‘p topadi, biri ozroq siz bu mablag‘larni aralashtirib ishlatayapsiz. Bu mumkin emas qo‘ying o‘g‘illaringiz xar biri aloxida kun ko‘rishsin dedi. Meni maqsadim ularni birlashtirish, axillik, inoqlik, bir biriga qadrdon bo‘lishlari edi. Xammasi uy-joylik bo‘lishsa albatta aloxida yashashadi, xozircha sharoitdan chiqish uchun bu yo‘lni qo‘llayapman. Aytingchi men noto‘g‘ri qilayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘yningizga qarz yuklab olayotganingiz yo‘q, lekin to‘palanayotgan mol kimniki ekanligi tayin bo‘lishi kerak. Masalan rozi bo‘lib sizga berishsin, siz mulk egasi bo‘ling. Nisobga etsa siz zakotini bering, qurbonligini qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar