Uch taloqning jarimasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir odam xotiniga uch taloq qo‘yib keyin yarashish uchun kimlar bilandur gaplashsa, xotini boshqa nikoh ko‘rmasdan turib qandaydir jarima to‘lab halollash mumkunligini aytibdi. Men bu haqida bilmas ekanman. Shariatimizda uch taloqdan so‘ng ayol kishi eriga qayta halol bo‘lishining boshqa nikoh ko‘rmasdan ham qandaydur choralari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi masalalarni jonli majlisda, ikki tomonning guvohligida ko‘riladi. Agar masala ko‘rilganida yashash shar’an joiz o‘rinlari bo‘lsa, hujjatlar bilan tushuntirilib aytiladi. Kim bo‘lsa ham “jarima to‘lasa nikohlansa bo‘lar ekan” deb gap tarqatsa ishonib ketaverish kerakmas. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 10:50 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar