Vositadan foydalanish

Assalomu alaykum! Hozirda homiladorlikdan saqlanuvchi vositalar orasida BIV (bachadon ichi vositasi) ya’ni spiral juda mashxur va uning ayol ogranizmiga ziyon ko‘rsatmagan xolatda xayz tsiklini umuman keltirmay qo‘yadigan turi xam paydo bo‘ldi. Vrachlarni aytishicha u o‘zidan kerakli gormonlarni ajratib ayol organizmiga yordam berish bilan bir qatorda xayz ko‘rishni to‘xtatib qo‘yarkan, lekin buni organizm uchun zarar tomoni yo‘q ekan. Savolim, spiraldan foydalanish joizmi? Bu biroz qimmatroq vosita 200-300$ va ishlatilgan pul isrofga kirmaydimi? Lekin bir tomondan uni ishlatilsa namozlarni xam ro‘zalarni xam qoldirmay bemalol o‘qish imkoniyati mavjud.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Haj va umrada foydalanish mumkin, ammo boshqa vaqtda tabiy holatni o‘zgartirishi noto‘g‘ri. Chunki hayz ayol organizmini tozalab turuvchi narsa hisoblanadi. Hozircha buni zarari yo‘q deyishlari mumkin, ammo vaqt o‘tib zararli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 148 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar