Qur’on oyatlari

Assalomu alaykum! Men musofir yurtlarda ishlayman, Allohga shukur 5 mahal namoz o‘qiyapman. Qur’on suralarini mp3 orqali eshitib yodlab yuraman. Maqsadim ko‘p suralarni yodlash. Lekin arab alifbosini hozircha bilmayman. Xudo xohlasa yurtimga qaytganimda o‘rganmoqchiman. Hozircha Qur’on suralarini yodlashim uchun menga lotin yoki kirill alifbosida yozilgani kerak bo‘layapti. Uni qaerdan topsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Arab tilida ba’zi bir harflar borki ularni o‘z maxrajidan ado qilmasangiz do‘st ma’nosidagi so‘z, dushman ma’nosigacha o‘zgarib ketadi. Sizga bir misol “Subhaana robbiyal aziym”dagi “aziym”ni “ظ” bilan o‘qimay, o‘zbek talaffuzidagi oddiy “Z” bilan o‘qisa, “Buyuk robbimning pokligini e’tirof qilaman” degan ma’no o‘rniga, “dushmanim bo‘lganning pokligini e’tirof qilaman” degan ma’no kelib chiqadi. Shuning uchun o‘rganadigan bo‘lsangiz bir yo‘la arab tilida o‘rganing. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 165 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar