Savdogarga aylantirishga pul berish

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir savdogar kishiga savdo sotiq ishi uchun ma’lum miqdorda mablag‘ bersam va o‘sha savdo ishidan ko‘rgan foydasidan menga ham ulush berib tursa, shu men uchun halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qarz deb berib, foyda olsangiz halol emas. Muzoraba yoki sherirchilikka bo‘lsa, oladigan foydangizni “uchdan bir, teng yarmi” kabi kelishuv bilan bo‘lishi shart. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/savdo/669-shirkat-va-muzoroba

26 May 2022, 09:33 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar