Mushuk boqish
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Alloh rozi bo‘lsin sizlardan! Yaqin qo‘shnim ilmli oila, lekin mushuk boqishadi. Men mushukdan ozroq qo‘rqaman, doim yon qo‘shnim deb xabarlashib, kirdi chiqdi qilamiz. Ilmlarini hurmatidan savol berishga istola qilaman, aytishlaricha mushuk sichqon ovlar ekan. Sichqon eb harom qo‘li bilan joynamoz va gilamlarda yurishi joizmi? Mushuk o‘zi halolmi? Yoki sunnatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ كَبْشَةَ بِنْتِ كَعْبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: دَخَلَ أَبُو قَتَادَةَ فَسَكَبْتُ لَهُ وَضُوءًا فَجَاءَتْ هِرَّةٌ فَشَرِبَتْ مِنْهُ فَأَصْغَى لَهَا الْإِنَاءَ حَتَّى شَرِبَتْ فَرَآنِي أَنْظُرُ إِلَيْهِ فَقَالَ: أَتَعْجَبِينَ ياَ بِنْتَ أَخِي؟ فَقُلْتُ: نَعَمْ، فَقَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّهَا لَيْسَتْ بِنَجَسٍ إِنَّهَا مِنَ الطَّوَّافِينَ عَلَيْكُمْ وَالطَّوَّافَاتِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Kabsha binti Ka’b roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «U kishi aytadilar: «Abu Qatoda (uyimizga) kirdi. Unga tahorat suvi quyib berdim. Bas, bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa idishni engashtirib, unga ichib olishi uchun tutdi. Bas, u o‘ziga nazar solayotganimni ko‘rdi va: «Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?» dedi. Men: «Ha», dedim. U: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir», deganlar, dedi». «Sunan» egalari rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharif Kabsha binti Ka’b roziyallohu anhodan rivoyat qilinmoqda. Avval u kishi bilan tanishib olaylik: Kabsha binti Ka’b roziyallohu anho Ka’b ibn Molik Ansoriy Xazrajiy roziyallohu anhuning qizlari bo‘ladilar. Otalari Ka’b roziyallohu anhu mashhur sahobiylardandir. Kabsha roziyallohu anho Abdulloh ibn Qatoda roziyallohu anhuga turmushga chiqqan edilar. U kishi ushbu hadislari bilan mashhurdirlar. Rivoyatda ismlari kelgan Abu Qatoda roziyallohu anhu Kabsha roziyallohu anhoga qaynata bo‘ladilar. Abu Qatoda u kishining kunyalari bo‘lgan, ismlari Hars ibn Rob’i Ansoriydirlar. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning otlariga qarab yurganlar. Demak, bu rivoyatda kelgan hodisa qaynata bilan kelin orasida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Kabsha roziyallohu anho quyidagilarni aytadilar: «Abu Qatoda (uyimizga) kirdi. Unga tahorat suvi quyib berdim». Arablarda qaynatam, qaynanam kabi so‘zlar kam ishlatiladi. Ular qaynata, qaynanalariga nisbatan ko‘proq ularning ismi yoki kunyalarini ishlatishga odatlanganlar. Kabsha roziyallohu anho ham qaynatalarini kunyasi ila atamoqdalar. Demak, Abu Qatoda roziyallohu anhu uyga kirib, tahorat qilmoqchi bo‘lganlar va kelinlari Kabsha roziyallohu anho u kishiga tahorat suvi quyib berganlar. Bu o‘sha vaqtdagi mo‘mina-muslima kelinlarning odob-axloqlari, qaynatalarini hurmat qilishlari, ularning xizmatlarini qilishlaridan dalolat beradi. «Bas, bir mushuk kelib, undan ichdi. U esa idishni engashtirib, unga ichib olishi uchun tutdi». Mushuk kelib, tahorat uchun tayyorlangan suvdan ichmoqchi bo‘lgan. Abu Qatoda roziyallohu anhu mushukning suv ichishi oson bo‘lishi uchun idishni engashtirib, unga tutgan. «Bas, u unga nazar solayotganimni ko‘rdi va: «Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?» dedi. Men: «Ha», dedim». Shu erda ham kelinning odobi zohir bo‘lmoqda. Kabsha binti Ka’b roziyallohu anho qaynatalari tahorat suvini mushukka tutib berishini ko‘rib, hozirgi ba’zi kelinlarga o‘xshab, bidirlab ketmadilar. Balki indamay, savol nazari bilan qarab turdilar. Qaynata o‘z kelini ajablanayotganini anglab: «Ey birodarimning qizi, ajablanyapsanmi?» dedi. Arablarda shunga o‘xshash «Ey birodarimning o‘g‘li» istilohi ham ko‘p ishlatiladi. Odobli kelin gapni cho‘zmay, qisqa qilib, «Ha», dedi. Bu ajablanishda «Mushukka tahorat suvini tutib berib, undan qolgan suv bilan tahorat qilsa bo‘laveradimi?» degan savol bor edi. Abu Qatoda roziyallohu anhu nima uchun shunday qilganlarini quyidagicha bayon etib berdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, u (mushuk) najas emas, u sizlarning atrofingizda aylanib yuruvchilardandir», deganlar», dedi. Bu, mushuk uy hayvoni bo‘lganligi uchun doimo atrofingizda aylanib turadi, shuning uchun uning og‘zi tekkan narsa nopok bo‘lib qolmaydi, deganidir. Bu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Kelinlarning odobi va qaynatalariga xizmat qilishlari lozimligi. 2. Bir odamga boshqa odam tahorat suvi tayyorlab berishi joizligi. 3. Odob yuzasidan savol bermay, savol nazari bilan qarab turish ayniqsa kelinlar uchun yaxshi ekanligi. 4. Savol nazari bilan qarab turgan kishiga javob berish kerakligi. 5. Mushukning najas emasligi. 6. Mushuk tekkan suvda tahorat qilish mumkinligi. 7. Islomning musulmonlarga engillik yaratadigan din ekanligi. Shu bilan birga, bu va boshqa hadislarda mushuk tekkan suv haqidagi rivoyatlar ma’lum holatlarga asoslanganini va mushuk sichqon hamda shunga o‘xshash narsalarni eyishi e’tiboridan, ulamolarimiz «Mushuk tekkan suv makruh», deganlar. Ya’ni, mushuk tekkan suvdan boshqa suv bor bo‘lsa, o‘sha boshqa suvda tahorat qilgan yaxshiroq, deganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 288 | Halol va harom