Qosh terish
Assalomu alaykum!Ayollarga qosh terish mumkinmi? Hech qaerda bu haqda aniq javob eshitmaganman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Agar istaganingizda allaqachon eshitgan yoki o‘qigan bo‘lar edingiz. Chunki bu narsa o‘n besh asrdan beri aytilib kelayotgan haqiqatdir.Abdulloh roziyallohu anhu:«Alloh husn uchun vashm qiluvchi ayollarni, vashm qildiruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni va tish orasini ochuvchilarni, Allohning yaratganini o‘zgartuvchilarni la’natlasin», dedi. Bu gap Bani Asadlik, Qur’on qiroat qiladigan Ummu Ya’qub ismli ayolga etdi. U kelib bu haqda so‘radi. Bas, U:«Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan kimsani la’natlamas ekanman. Holbuki, bu Allohning kitobida bor», dedi.«Batahqiq mushafning ikki muqovasi ichidagi narsani o‘qidim. Buni topmadim», dedi ayol.«Agar yaxshiroq o‘qiganingda uni topar eding. Alloh taolo: «Rasul sizga neni bersa olingiz va U sizni nedan qaytarsa qaytingiz», degan», dedi u.«Shu narsadan ba’zisini sening xotiningda bor deb o‘ylayman», dedi ayol.«Borib, nazar sol», dedi u. Ayol uning xotini oldiga kirib hech narsa ko‘rmadi va qaytib kelib:«Biror narsa ko‘rmadim», dedi.«Ammo o‘sha narsa bo‘lganida u bilan jam bo‘lmas edik», dedi Abdulloh».Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.Ushbu rivoyatni sinchklab o‘rgansak muolaja qilinayotgan masalaga oid ko‘pgina nozik taraflarni anglab olishimiz mumkin.Ma’lumki, rivoyatlarning avvalidan keladigan «Abdulloh»dan murod ulkan sahobiy Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudirlar. U kishi ayollar ichida sodir bo‘lib turadigan ba’zi noshar’iy ishlarning sababchisi bo‘ladigan ayollarni qoralab:«Alloh husn uchun vashm qiluvchi ayollarni, vashm qildiruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni, mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni va tish orasini ochuvchilarni, Allohning yaratganini o‘zgartuvchilarni la’natlasin la’natlasin», dedi».Ushbu jumlada besh turli ayollar la’natlanmoqda:1. «Vashm qiluvchi ayollarni»2. «Vashm qildiruvchi ayollarni»Bu ikki toifadagi ayollar kimligini avval o‘rganganmiz.3. «Mo‘ychinak ila teruvchi ayollarni»Bular mo‘ychinak ila ayollarning qoshlari, peshonalari yuzlaridagi tolalarni teradilar.4. «Mo‘ychinak ila terdiruvchi ayollarni»Bular chiroyli ko‘rinish maqsadida qoshlari atrofidagi tolalarni mo‘ychinak ila terdirib qoshlarini ingichka qildiradilar. Shuningdek, boshqa joylaridagi tolalarni ham terdiradilar.5. «Tish orasini ochuvchilarni»Bular sog‘ tishlarini egovlab orasini ochishadi.Mazkur ishlarning hammasini rivoyatda aytilganidek «husn uchun» qilinsa la’natga qolinadi. Chunki bu ishlarni «Husn uchun» qiluvchilar - «Allohning yaratganini o‘zgartuvchilar»dir. Ammo zarurat yuzasidan, xastalik tufayli bo‘lsa joiz.Hazrati Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuning bu gaplari atrofga tarqaldi. «Bu gap Bani Asadlik, Qur’on qiroat qiladigan Ummu Ya’qub ismli ayolga etdi. U kelib bu haqda so‘radi».Gapning siyoqidan Ummu Ya’qub roziyallohu anho ushbu masalada Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan hadisi shariflar vorid bo‘lganidan bexabar bo‘lganlaru, bu Abdullohning o‘zidan chiqqan gap, deb u kishi bilan tortishgani kelganga o‘xshaydilar. U kishining nimaga ayollarni la’natlamoqdasan?! Qabilidagi gaplariga Abdulloh roziyallohu anhu:«Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam la’natlagan kimsani la’natlamas ekanman. Holbuki, bu Allohning kitobida bor», dedi».Bu bilan Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Ummu Ya’qub roziyallohu anhoga mazkur ishlarni qilgan ayollarni aslida o‘zi emas, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam la’natlaganlarining xabarini berdi. Shu bilan birga u kishi Ummu Ya’qubning Qur’oni Karimdan yaxshi xabardor zot ekanlarini e’tiborga olib, «holbuki, bu Allohning kitobida bor», dedi».Ummu Ya’qub roziyallohu anho bu gapni to‘g‘risicha tushunib:«Batahqiq mushafning ikki muqovasi ichidagi narsani o‘qidim. Buni topmadim», dedi».Ya’ni, Qur’oni Karimning hamma oyatlarini yaxshilab o‘rganganman, unda sen la’natlagan besh toifa ayollarni la’natlash ma’nosi yo‘q, degan ma’noni aytdi.Shunda Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu yuqoridagi gapdan nimani iroda qilayotganlarini ochiq bayon qildilar:«Agar yaxshiroq o‘qiganingda uni topar eding. Alloh taolo: «Rasul sizga neni bersa olingiz va U sizni nedan qaytarsa qaytingiz», degan», dedi u».Mana shu oyati karimaga asosan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan har bir shar’iy narsani olmog‘imiz yoki tark qilishga amr qilingan narsani tark qilmog‘imiz lozim. Modomiki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mazkur ishlarni qilgan ayollarni la’natlagan ekanlar, biz ham ularni la’natlamog‘imiz kerak. Shuning uchun men aytgan gaplardan achchig‘ing chiqmasin. Aslida u gaplarni men emas, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar.Lekin Ummu Ya’qub roziyallohu anho ham bo‘sh kelmadi. Bo‘layotgan bahsni davom etdirib, Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuga:«Shu narsadan ba’zisini sening xotinigda bor deb o‘ylayman», dedi ayol».Ummu Ya’qubning tushunchasi bo‘yicha mazkur qalbaki ishlarni hamma xotinlar qilishlari turgan gapga o‘xshaydi. Shuning uchun u kishi Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhuni nozik joyidan tutmoqchi bo‘lib, yuqoridagi gapni aytdi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu:«Borib, nazar sol», dedi». Ya’ni, mening xotinim ham o‘sha shariat harom qilgan ishlardan ba’zisini qildi deb xayol qilayotgan bo‘lsang, borib xotinimga nazar sol. Yaxshilab qara. O‘sha da’vo qilayotgan narsalardan qay biri ko‘rar ekansan, dedilar.«Ayol uning xotini oldiga kirib hech narsa ko‘rmadi va qaytib kelib:«Biror narsa ko‘rmadim», dedi».Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Islomga faqat o‘zlari emas, balki oila a’zolari ila birgalikda amal qilishlari ayon bo‘ldi. U kishi shariat ishlarida oilalariga ham qattiq turganlarini Ummu Ya’qubga aytgan quyidagi gaplaridan ham bilib olsak bo‘ladi.«Ammo o‘sha narsa bo‘lganida u bilan jam bo‘lmas edik», dedi Abdulloh».Ya’ni, agar xotinim o‘sha shariat harom qilgan ishlardan birortasi qilgan bo‘lganida, ajrab ketgan bo‘lar edik. Undoq xotinni men darhol taloq qilardim.Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:1. Vashm qilish harom ekani.2. Vashm qildirish harom ekani.3. Mo‘ychinak ila ayollarning qosh va boshqa tuklarini terish harom ekani.4. Mo‘ychinak ila qosh va boshqa tuklarini terdirish harom ekani.5. Egovlab yoki boshqa uslub ila tishlarning orasini ochish harom ekani.6. Mazkur ishlarni husn uchun qilish haromligi. Shar’iy uzr ila qilsa joiz.7. Mazkur ishlarni husn uchun deb qilish Alloh taoloning yaratganini o‘zgartish hisoblanishi.8. Ayollari ichida Qur’oni Karimni yaxshi o‘rganib nom chiqargan shaxslar bo‘lgani.9. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan gapga o‘xshash gapni aytish mumkinligi.10. O‘sha paytda ayollar ham shariy masalalarda erkaklar bilan tortishgani.11. Bevosita zikr qilinmagan narsani ham asli Qur’oni Karimda bo‘lsa, bu Qur’oni Karimda bor, deb aytilsa joizligi.12. Olim va muqtado kishilar biror hukmni aytishdan oldin o‘sha ishni o‘zi va oila a’zolari qandoq bajaratganlariga bir nazar solib olishi kerakligi.13. Er o‘z xotiniga shariat harom qilgan ishni qilishga yoo‘d qo‘ymasligi lozimligi.Ushbu mavzu’da so‘z ketar ekan, shariatimiz Alloh taolo yaratgan asli xilqatni o‘zgartirishni, soxta chiroy hosil qilib o‘zgalarni aldashni harom qilganini alohida ta’kidlamoq lozim. Chunki bunga o‘xshash ishlarda Alloh taolo yaratgan narsani o‘zgartish, Yaratganning irodasiga qarshi chiqish bilan barobar. Undan so‘ng bu kabi narsalarda qalloblikka o‘rgangan shaxs boshqa narsalarda qalloblik qilmasmidi? Albatta, qiladi. Oqibatda hozirgiga o‘xshab hamma narsa qalloblikdan iborat bo‘lib qoladi.Islom insonlarning go‘zallikka intilishini to‘g‘ri baholaydi. Balki, ularni go‘zallikka undaydi. «Albatta, Alloh go‘zaldir va go‘zallikni sevadir», deyiladi hadisi shariflardan birida. Lekin Alloh taolo xalq qilgan narsani buzish go‘zallik hisoblanmaydi. Balki tabiati buzuqlik bo‘ladi. Bo‘lmasa, sog‘ turgan tishni egovlab, bir qismini olib tashlanar edimi. Bo‘lmasa, Alloh taolo ato qilgan tabiiy sochi turib turli qillarni boshiga ulab, o‘zicha xursand bo‘lib yurarmidi. Bo‘lmasa, sog‘ tanasini igna bilan jarohatlab, jarohat ustiga rang sepib, terisini buzib yurarmidi.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarni mo‘’tadil ravishda ziynatlanib, atir-upalar bilan lozim topilgan joylarda xushbo‘ylashib yurishga targ‘ib qilganlar. Ammo shu bilan birga, zebu ziynat orqasidan quvib, haddan oshishdan, shariatga xilof ish qilishdan qattiq qaytarganlar. Ana shunday man qilingan ishlar qatoriga ayol kishining sochiga boshqa sochni ulash va ulatish, yasama xol qo‘yish va qo‘ydirish, qoshni ingichka qilib terish va terdirish, tishlarining orasini sun’iy ravishda ochish va ochdirish, yuzining rangini butunlay o‘zgartirish uchun turli vositalar bilan yuvish va yuvdirish kabi amallar ham kiradi.Mo‘mina-muslima ayollarga bu ishlarni qilishlari ham, boshqalarga bajartirishlari ham mutlaqo mumkin emas.Bularning barchasi jamiyatda behayolik, shahvoniy buzuqlik, fohisha gap-so‘zlar, jinsiy axloqsizlik va zino tarqalishining oldini oladigan choralardir. Ushbu ilohiy tadbirlarga bandalar chin ixlos bilan amal qilgan taqdirdagina jamiyat mazkur iflosliklar va ijtimoiy kasalliklardan pok bo‘la
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 221 | Halol va harom