Tirnoqqa qo‘yilgan xina

Assalomu alaykum! Qo‘lga yoki tirnoqqa xina qo‘yilsa uni berkitish kerak ekan deb eshitdim. Ziynat berkitiladi deb yozgansizlar bir javobda. Kun haroratiga qaramasdan perchatka kiyib yurishimiz kerakmi? Tirnog‘imga xino qo‘yaman uzuk taqaman. Lekin ko‘chada perchatkada yurish noqulay, mashinani boshqarishdayam noqulaylik keltirib chiqaradi. Undan ko‘ra xino qo‘ymasdan uzuk taqmasdan yurganim afzalmi? Barcha ziynat er uchun, lekin faqat uyda o‘tirmiman bolalar uchun kunda ko‘chaga chiqishga to‘g‘ri keladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatda kaftni ochib yurishga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 171 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar