Tarbiya uchun qo‘llanma

Assalomu alaykum! Ustozlar! O‘zim namoz o‘qiyman, ilmim etganicha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilishga xarakat qilaman. Oila a’zolarimni Allohga ibodat qilishlari, gunoh va savobni bilishlari va shu kabi har bir musulmon odam uchun farz va sunnat bo‘lgan amallarni bajarishlik kerakligini qanday yo‘l bilan aytishga biroz qiynalayapman. Sababi oilada eng kenjasiman, akalarimga din haqida va nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘riligini aytishga ju’ratim etmaydi. Hali unchalik ilmga ega bo‘lmagan akalarimga ilk bor qanday kitoblarni o‘qishni taklif qilsam bo‘ladi? Ularga birdan farzlar haqida gapirsam tushunishi va qabul qilishi qiyin bo‘ladi. Shunda yordam berishingizni so‘rayman. Alloh rozi bo‘lsin!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularga avvalo “Ibodati Islomiya”, so‘ng “Ruhiy tarbiya” va “Yaxshilik va silai rahm” kitoblarini tavsiya qiling. Vallohu a’lam.

30 Aprel 2022, 21:31 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar