kuydirib davolash

assalomu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh hurmatli shayh hazratlari men sizdan quyidagi savolni suramoqchiman: ayollarda buladigan eroziya kasalligini kuydirib (yani tok bilan) davolasa buladimi?,bu kasallikni himiyaviy dorilar bilan davolasa ham buladi lekin qaytalayveradi, men uzim 9 yildan beri davolanayolmayapman,shariatda mumkinmi, bunday davolash.bu savolni berishimdan maqsad paygambarimiz muhammad s.a v. yarani tamga bosib davolashdan qaytarganliklariustoz sizga katta rahmat, alloh sizni mukofotlasin, oxiratda darajangizni ulug qilsin,umringizni uzoq qilsin,bizdaylarga yol kursatyapsiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Shifo uch narsadadir: qon olish asbobi solishda, asal ichishda va qizdirilgan narsa bosishda. Va ummatimni qizdirilgan narsa bosishdan nahiy qilurman», dedilar».Buxoriy rivoyat qilgan.Sharh: Mashhur allomalarimizdan Imom Badriddin Ayniy o‘zlarining Imom Buxoriyning «Sahih»lariga yozgan sharhlarida ushbu hadisi sharifning sharhida quyidagilarni yozadilar:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Shifo uch narsadadir», deganlarida ushbu uch narsadan boshqa narsada shifo yo‘q deyishni iroda qilganlari yo‘q. Shifo ulardan boshqa narsalarda ham bor. Faqat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ushbu uch narsa ila xastalikni muolaja qilishning asl uslublariga ishora qildilar, xolos. Chunki, xastalik asosan qon buzilishidan, safrodan yoki savdo-balg‘amdan bo‘ladi. Qon buzilishidan paydo bo‘lgan xastalikni qon olish bilan davolanadi. Boshqa xastaliklar dori-darmon berish bilan davolanadi. Ularga asalni zikri ila ishora qildilar. Bu uslublar ila davolanmaydigan dardlarni kuydirib bosish ila davolanadi».Ushbu mulohazalarni zamonamiz tiliga o‘giradigan bo‘lsak, xuddi shunga o‘xshash holat hozir ham mavjudligini ko‘ramiz.Hozirda ham ko‘pgina xastaliklar qondagi o‘zgarishlar tufayli kelib chiqishi hammaga mahlum. Shuning uchun bemorlikka tashxis qo‘yish ishida hamma tib maktablari oldin bemorning qonini tekshirib ko‘rishni yo‘lga qo‘yishgan. Qon almashtirish, qon quyish, qonni tozalash uchun turli uslublarni qo‘llash hamma tib maktablarining asosiy ahamiyat beradigan uslublaridir.Qonga bog‘liq bo‘lmagan xastaliklarni dori-darmon bilan tuzatishga harakat qilinishi hammaga mahlum.Biz «qizitilgan narsa bosish» deb tarjima qilayotgan uslubda ba’zi jarohat, o‘simta va shunga o‘xshash qonni tozalash yoki dori ichirish bilan tuzalmaydigan holatlarda o‘sha jarohatni kesib turib, tozalangan joyga qizib turgan narsani yoki biror moddani kuydirib kulini bosish yo‘lga qo‘yilgan. Bu ishni boshqa uslublar naf bermagan holdagina qo‘llashgan. Buni hozirgi kunimiz istilohida jarrohlik amaliyoti deyiladi. Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldin shifoning uch turidan biri kuydirib bosishda ekanini ta’kidlab turib, keyin:«Va narsa qizdirib bosishdan nahiy qilurman», deyishlarini qandoq tushuniladi, degan savolga ulamolarimiz qoniqarli javob berganlar.O‘sha paytda odamlarda narsa qizdirib bosish dardni o‘z tabiati ila, albatta, tuzatadi, degan noto‘g‘ri fikr bor ekan. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u narsani uncha targ‘ib qilmaganlar. Lekin shifoni Alloh taolo beradi degan e’tiqod ila o‘sha mazkur uslubni ham yo‘li bilan qo‘llashga shariat yo‘l bergan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari Sa’d ibn Muoz roziyallohu anhuga shu uslubni ishlatganlar, boshqa sahobalar ham xastaliklarini shu uslub ila muolaja qilganlari ma’lum.

30 Aprel 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar