Ota-onaga hurmat

Assalomu alaykum! Ota xonaga kirganda o‘rnidan turish haqidagi hadisni tushuntirib bersanglar iltimos. Har qanday holatda bo‘lsa ham turib kutib olish kerakmi? Misol uchun taomlanayotgandahammi? Onaga ham shundaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz farzandingizdan nimani kutsangiz ota-onangizga ham shuni qiling. Shariatimiz ota-onaga “Farzandlaring senga turishini kutmagin” deb ta’lim beradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham sahobalarini turmaslikka buyurar edilar. O‘rni kelganda bir qavmning sayyidi kelganida “Sayyidingizga turinglar” deganlar ham. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 05:24 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar