Er va xotin o‘rtasidagi muammo
Assalomu alaykum! Oilamizda ozgina kelishmovchilik chiqdi. Batafsilroq tushuntirsam. Onam xotinimni bir tadbirga olib bormoqchi edilar men rozi bo‘lmadim chunki ayolimni xarxil yig‘ilishlar odam ko‘p bo‘ladigan joylarga borishini yoqtirmayman. Ayolim erta tongda o‘sha joyga onam bilan borishga ruxsat so‘radi men ruxsat bermay ish bilan uydan chiqib ketdim. Qaytib kelsam ayolim uyda yo‘q keyin bilsam onam kelib olib ketibdilar. Rosa jaxlim chiqdi ruxsatimsiz chiqib ketganiga. Onam va xotinim kelganlaridan keyin o‘zimni bosib turolmadim xotinimni itoatsizligi uchun jaxlim chiqdi va qattiq qo‘yidim. Keyin bilsam Onam kelib uni olib ketmoqchi bo‘lgan lekin xotinim ko‘nmagan telefon qilmoqchi bo‘lgan, shunda onam men sizga kimman yuring deb olib ketgan. Janjaldan keyin Onam mendan xafalar kelinimni seni ruxsatingsiz olib ketishga xaqqim bor demoqdalar. Xotinim arosatda yana shunday vaziyat sodir bo‘lsa nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Onangizni fe’lini bilaturib ayolingizni noqulay holatga tushirmang. Agar harom joylar bo‘lmasa faqat ayollar o‘tiradigan o‘tirishlar bo‘lsa ruxsat bersangiz zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 21:53 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush