Namozdagi salom berish

Assalomu alaykum! Qadirli ustozlar, Alloh ilmimizni ziyoda qilsin. Men arab davlatida ishlayman va namonzi ham ba’zida ular imomchiligida o‘qiymiz. Shu holatlarni birida, namoz tugashi arafasida imom 2 elkaga salom berdi va tamomladi. Shu jarayonda imom o‘ng elkaga salom berishni tugatgach va chap elkaga salom berishni boshlaganda, men o‘ng elkaga salom berdim va u chapga ham salom berishni tugatgach men ham chap elkaga salom berdim va namozni tugatdim. Lekin bir Misrlik do‘stim aytdiki “Imom chapga ham salom berishni tugatgach men o‘ngga salom berishni boshlashim kerak ekan. Ya’ni imom  ikkala salomni tugatgach men 1-ni boshlashim kerak ekan. Savollim :
1). Shu to‘g‘rimi? Ya’ni imom ikkala salomni tugatgach men 1-ni boshlashim kerakmi?
2 ) Agar Imom “sajda sahv” qilmoqchi bo‘lib o‘ng elkaga salom berib bo‘lib, takbir aytib sujud qilgani ketsa, imomga ergashuvchilar o‘ngga salom berib keyin sujud qiladimi yoki salom bermasdan sujud qiladimi? Javob uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Ikkisi ham to‘g‘ri. 2). Salom berib. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 183 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar