Qarindoshlar o‘rtasidagi qarz
Assalamu alaykum! Kelayotgan ayyomlaringiz muborak bo‘lsin. Alloh Sizga kuch-quvvat bersin! Bir tanishim so‘rab berishimni iltimos qilgan edi. Savolim quyidagicha: Buvisi nabirasiga ish yuritishi uchun ma’lum miqdorda pulni qarzga beripti. O‘rtada Buvining qizi (nabiraning onasi) o‘g‘lini ishlari hali qarzni uzadigan darajada yurishib ketmaganligi uchun, qarzni oz-ozdan onasiga har oy to‘lay boshlapti. Buvining mazasi qochib olamdan o‘tib qolibdi. Endi o‘g‘li uchun qarz so‘ragan qiz onasiga qarzdor bo‘lib qoldimi? Bu qarzni endi qanday uzadi? Yoki ona farzandiga bergan puli qarz hisoblanmaydimi? Iltimos aniqlik kiritib bersangizlar. Alloh Sizlarga O‘zi madad bersin va har biringizni ilmingizni ikki dunyoda ziyoda qilsin! Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha onasiga qarzdor bo‘lib qoldi. Bu xuddi “hadya”deb berganida hadya bo‘lgani kabi, ona farzandiga “qarz” deb bergan bo‘lsa qarz bo‘ladi. Shariat bo‘yicha buvining merosxo‘rlari tayin qilinib, qarz bo‘lgan miqdor merosxo‘rlar o‘rtasida taqsim qilinadi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar