Maxrni ado qilish

Assalomu alaykum! Ustozlar, og‘aynim savol so‘ragandi. Bu savol meni ham o‘ylantirib qo‘ydi. Xotinning maxrini berishga ba’zida vaziyat bo‘larkan ba’zida bo‘lmas ekan, vaqti kelib maxrni uzish maqsadida harakat qilib yurgan odamni xotini vafot etib qolsa maxrni qanday uzish kerak? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda meros degan masala bor. Er zimmasida ayolining mahri vojib bo‘lgan holatda ayoli vafot topsa ayolining bor mol-mulkini merosxo‘rlariga taqsim qilish vojib. Bu xotinning o‘lgan vaqtda kimlari borligiga bog‘liq. Masalan ota-onasi, farzandlari kabilarga shar’iy yo‘l bilan taqsim qilib beriladi. Roziman, kechdim degan gaplar o‘tmaydi. Hozirgi kunda meros masalasiga 99.9%ga amal qilinmay qo‘ydi. Amal qilinmay qo‘ydi degani ularning zimmasidan soqit deyilmaydi. Qiyomat kuni pul, mol-dunyo rol o‘ynamaydigan kunda ularni haqqini savoblarda ado qilishga to‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:25 | Savol-javoblar | 145 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar