Namoz xakida
Assalamu aleykum Shayx xazratlari. Mani tanishlarim ichida uzga millat vakilari bor, ularni namoz ukiganini kurib bazi bir savollar tugiladi. Masalan duo kilaetganda, ular ikki kulini kutarmaydilar va yuzlariga surtmaydilar, nega unday kilasilar deb surasam, ular bu xakida ishonchli xadislar yuk, shuning uchun biz kulimizni yuzimizaga surtmaymiz deyishdi. Shu xakida sizni fikringizni bilmokchi edim. Keyingi savolim, agar kishi bir uzi namoz ukisa, u takbir tushirishi kerakmi? va farz namozida ovozini chikarib ukishi kerakmi? Oldindan javoblaringiz uchun katta raxmat, ALLOX umringizni zieda kilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha odamlar ilmning, xususan, hadis ilmining ko‘chasidan ham o‘tmagan odamlar ekanlar. Bo‘lmasa, imomo Buxoriy, Abu Dovud va Termiziylar riovoyat qilgan hadislarni ishonchsiz dermidilar. Odatda, bu kabilar turli bemazhab firqalarga ergashganlar bo‘ladi. Ulardan hazir bo‘linglar! Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam duo qilayotib ikki qo‘llarini ko‘tardilar va men qo‘ltiqlari oqini ko‘rdim».Buxoriy rivoyat qilgan.Duoning odoblaridan biri ikki qo‘lni ko‘tarib duo qilishdir.Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, Robbingiz hayoli va karimdir. U zot bandasi Unga ikki qo‘lini ko‘tarsa ularni bo‘sh qaytarishdan hayo qiladi», dedilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.Bu hadisi sharif ham duoda ikki qo‘lni ko‘tarish kerakligiga dalildir.Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon duoda ikki qo‘llarini ko‘tarsalar ularni yuzlariga surtmasdan turib qaytarmas edilar».Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.Duoning odoblaridan biri ikki qo‘lni ko‘tarib duo qilgandan keyin qo‘llarni yuzga surtishlikdir.2. O‘z ixtiyorida.
30 Aprel 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 162 | Boshqa ibodatlar