Bilib o‘qigan bilan bilmagan
Assalomu alaykum! Ma’lumki barcha suralar arab tilida. Bularni ma’nosini hamma ham bilavermaydi, namoz o‘qiganda arab tilini bilgan odam o‘qiyotgan surani mazmun mohiyatini bilib nima aytayotganini tushunib namoz o‘qiydi. Bilmagan esa yo‘q suralarni yodlagan, mazmunini bilmaydi. Alloh nazdida manosini bilib o‘qigan va bilmay o‘qigan insonlar mavqei tengmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Teng emas. Ixlosi bilan farq qiladi. Alloh taolo "Zumar" surasida marhamat qiladi: أَمَّنْ هُوَ قَانِتٌ آنَاء اللَّيْلِ سَاجِدًا وَقَائِمًا يَحْذَرُ الْآخِرَةَ وَيَرْجُو رَحْمَةَ رَبِّهِ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُوْلُوا الْأَلْبَابِ 9. Yoki u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qo‘rqib, Robbining rahmatidan umidvor bo‘lgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘larmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar.
O‘tgan oyatda zikri kelgan, shubhasiz jahannam egalari bo‘ladigan kofirlar oxiratda sharmanda bo‘lmaydilarmi?
«Yoki u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qo‘rqib, Robbining rahmatidan umidvor bo‘lgan odamga tengmi?!»
Allohga kufr keltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga bo‘yin egmagan, kechalari Uning roziligi yo‘lida bedor bo‘lmagan, oxiratdan qo‘rqmagan, Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, kechalari Allohga ibodat qilgan, Allohning O‘zigagina sig‘ingan, Alloh taoloning roziligini topish uchun bedor bo‘lgan, oxiratdan qo‘rqqan va Robbi rahmatidan umidvor kimsa bilan teng bo‘la olmaydi.
«Ey Payg‘ambar!
«Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘larmidi?!» – deb ayt».
Albatta, teng bo‘lmaydilar. Biladiganlar iymon keltirib, ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufr keltirib, isyon etadilar.
«Albatta, aql egalarigina eslarlar».
Ha, faqat aqli borlargina har doim Allohni eslaydi. Unga iymon keltirishni, ibodat qilishni o‘ylaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 173 | Namoz