Aniqlashtirish talabida
Assalomu alaykum! Saytingizdagi savollarga berilgan javoblarni o‘qiyotganimda bir savolga berilgan javob etiborimni tortdi., Savol bunday edi; Islomni qabul qilgan qizga uylansa bo‘ladimi? Javob: Islomni qabul qilmasa ham nasroniy va yahudiy ayollarga uylanish joiz Volloxu a’lam.
Endi savolim, axir Alloh mushrikalarga (muslima bo‘lib Allohni yakka ekaniga iymon keltirmaganlarga) uylanishni Qur’onda taqiqlamaganmi? Axir nasroniylar ham yahudiylar ham mushriklarku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ko‘proq kitob o‘qishni tavsiya qilamiz. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi: الْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ الطَّيِّبَاتُ وَطَعَامُ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ حِلٌّ لَّكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلُّ لَّهُمْ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الْمُؤْمِنَاتِ وَالْمُحْصَنَاتُ مِنَ الَّذِينَ أُوتُواْ الْكِتَابَ مِن قَبْلِكُمْ إِذَا آتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَافِحِينَ وَلاَ مُتَّخِذِي أَخْدَانٍ وَمَن يَكْفُرْ بِالإِيمَانِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُ وَهُوَ فِي الآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ 5. Bugungi kunda sizlarga barcha pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Iffatlari saqlangan mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lgan iffatlari saqlangan ayollar ham, agar iffatingizni saqlagan, zinoga bormagan va o‘ynash tutmagan holingizda mahrlarini bersangiz, (sizga haloldir). Kim iymonni inkor qilsa, uning amali habata bo‘ladi va u oxiratda ziyon ko‘ruvchilardandir. Bu oyati karimaning avvalida: «Bugungi kunda sizlarga barcha pok narsalar halol qilindi», – deb yuqorida zikr qilib o‘tilgan oliymaqom ma’no yana bir bor ta’kidlanmoqda. Keyin esa halol-harom masalasida g‘ayridin millatlar bilan ham o‘ziga xos muomalalar, kengchiliklar borligi eslatilib, bu haqda ba’zi hukmlar bayon qilinmoqda: «Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir». Islom musulmonlarning nomusulmonlar bilan birga tinch-omon yashashga ruxsat bergan. Lekin shuning o‘zi etarli emas. Modomiki, musulmonlar jamiyatda boshqa din vakillari bilan birgalikda yashar ekanlar, tabiiyki, o‘rtada turli shaklda yaqin aloqalar bo‘lishi, o‘zaro bordi-keldi qilishlari mumkin. Shundan kelib chiqib, musulmonlarga ahli kitoblarning so‘ygan so‘yishlari halol qilingan. Bu oyatda «taom» so‘zi qo‘llangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, cho‘chqa yoki boshqa harom hayvonlarning go‘shti, aroqqa o‘xshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi o‘z-o‘zidan hammaga ma’lum. Asli o‘zi halol bo‘lgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib o‘tildi. Demak, bu erda gap go‘shti asli halol bo‘lgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida so‘yilgan bo‘lsa, halol bo‘lishi haqida ketmoqda. Ba’zi kishilar «Sizning taomingiz ular uchun haloldir», deyish nima uchun kerak bo‘ldi ekan? Ular Qur’on hukmiga amal qilishmaydi-ku? Halol-haromning farqiga ham borishmaydi-ku, deyishlari mumkin. Ulamolarimiz bunga javoban «Mazkur xitob mo‘minlarga qaratilgan, sizlar ham ularga o‘z taomingizdan bersangiz bo‘laveradi, deganidir», – deydilar. Boshqa din vakillariga nisbatan Islomdagi bag‘rikenglik ushbu hukm bilan chegaralanib qolmaydi, balki yana ham chuqurroq, yana ham nozikroq masalada – nikoh masalasida ham ko‘rinadi: «Iffatlari saqlangan mo‘minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo‘lgan iffatlari saqlangan ayollar ham, agar iffatingizni saqlagan, zinoga bormagan va o‘ynash tutmagan holingizda mahrlarini bersangiz, (sizga haloldir)». Musulmon erkak kishiga iffati saqlangan muslimaga, iffatli bo‘lib, zinokor bo‘lmay va o‘ynash tutmay, mahrini berib uylanishi shart bo‘lganidek, ahli kitobdan bo‘lgan iffati saqlangan, pokiza ayollarga uylanishida ham mazkur narsalar shart qilindi. Avval aytib o‘tganimizdek, bir jamiyatda yashayotgan ikki dindagi shaxs o‘rtasida uylanish masalasi ham ko‘tarilishi mumkin. Shuning e’tiboridan Islomda musulmon erkakning ahli kitob ayolga uylanishiga ruxsat berilgan. Bunday nikohda xotin o‘z istagiga binoan, dinini ushlab qolishi mumkin. U o‘z dinining ko‘rsatmalariga amal qilaveradi. Islom dini uning hamma haq-huquqlarini himoya qiladi. Bunday bag‘rikenglik jamiki insoniyatning baxtiga kafolat beruvchi mukammal din bo‘lmish Islomga xos, xolos. Bu hukmning naqadar insonparvar ekanini anglab etish uchun boshqa dinlarga bir nazar solishning o‘zi kifoya. Masalan, nasorolarning dinida katolik mazhabidagi erkak hatto pravoslav mazhabidagi ayolga uylana olmaydi. Shuningdek, protestant yoki moruniy mazhabidagi ayolga ham uylanolmaydi. Ushbu o‘ta ahamiyatli hukmlarning so‘ngida shiddatli tahdid kelyapti: «Kim iymonni inkor qilsa, uning amali habata bo‘ladi va u oxiratda ziyon ko‘ruvchilardandir». Mazkur hukmlarga og‘ishmay amal qilish iymondandir, boshqacha qilib aytganda, iymon belgisidir. Kimki ushbu hukmlardan yuz o‘girsa, iymonni inkor qilgan, undan yuz o‘girgan bo‘ladi. Iymondan yuz o‘girgan, iymonni inkor qilgan odamning esa avval qilgan hamma amallari behuda ketadi. Bu ma’no Qur’on matnida «habata» so‘zi bilan ifodalangan. Biror hayvon zaharli o‘simlik eb, qorni shishib o‘lsa, «Habata ketdi», deyiladi. Botil amal ham zaharli o‘simlikka o‘xshaydi, uni qilgan kimsaga ofat keltiradi. Eng yomoni – oxiratda u ziyonkorlardan bo‘ladi. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom