Qiblaning hurmati

Assalomu alaykum! Qibla xaqida bergan javobizi o‘qib xursand bo‘ldim. Ertasi kuni aynan shu xususda ikki kishi tortishib qoldi. Biri qiblaga oyoq uzatsa xech narsa bo‘lmaydi deb qat’iy gapirdi. Yana biri esa bu yaxshimas dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarda ota-onaga oyoq uzatish ham kelmagan. Shunday bo‘lsada boshqa ota-onani hurmat qilish haqida kelgan hadislardan fuqaholar ularga qarab oyoq uzatish joiz emasligini aytishgan. Shuningdek fuqaholarimiz Islomning shiori bo‘lgan narsalarni hurmat qilish to‘g‘risida kelgan rivoyatlardan qiblaga oyoq uzatish joiz emasligini aytganlar. Har bir ishga alohida-alohida oyat yoki hadis bo‘lishi shart emas. Bir hadisning o‘zidan bir necha hukmlarni olish mumkin. Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi : ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ ۝ 32. Ana shunday. Kim Allohning nishonalarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir. Biz ushbu oyat ma’nosida «nishonalar» deb tarjima qilgan ibora Qur’oni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «sha’iyra» so‘zining jami – ko‘plik shakli bo‘lib, «nishon», «belgi», «alomat» degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh» – «Allohning nishonlari» deyilganda esa Allohning dini, Islomning ko‘zga ko‘ringan, shon-shavkati alomati bo‘lgan ibodatlar ko‘zda tutiladi. Ushbu oyati karimada esa «nishonlar» deganda qurbonlikka so‘yiladigan katta hayvonlar ko‘zda tutilmoqda. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar