Ayollar uchun tilla zanjir

Assalomu alaykum! Yaqinda bir ma’ruzada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qizlari Fotima onamiz(r.a)ning bo‘ynilarida tilla zanjirni ko‘rib bu do‘zax zanjirlaridan bir zanjir deb aytgan ekanlar. Shunda Fotima onamiz(r.a) darhol bu zanjirni sotib puliga bir qul sotib olib ozod qilgan ekanliklari haqida eshitib qoldim. Savolim shuki ayollarga tilla zanjir taqish mumkinmi? Bir savol javobda mumkin ekanligini o‘qidim. U holda yuqoridagi voqea sahih emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishiga tilla zanjir taqish shar’an joiz. Hech qanday gunoh bo‘lmaydi. Odatda ayollar taqib yurgan taqinchoqlaridan nisobga etsa ham zakotini bermaydilar. O‘sha zakoti berilmagan tilla taqinchoq do‘zaxga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar