yajuj majujlar ozod etiganmilar?

Assalomu alaykum, Shayx hazratlari. Yaqinda Trinidad va tabogolik olim shayx Husayn Nazar Imronning (Jerusalem in the Qur‘an)‘Qur‘oni Karimda Quddusi sharif haqida‘ degan kitoblarini uqidim va u kitobdan bazi iqtiboslar keltiraman. " QUR‘ONDA VA 8 DAN ORTIQ BUXORIYNING SAHIH HADDISLARI SHUNI KURSATADIKI, YA‘JUJ MA‘JUJLAR PAYGAMBARIMIZ MUHAMMAD S A V DAVRLARIDA ISO IBN MARYAMNING KELISHLARIDAN AN’HA OLDIN (OXIR ZAMONDA KELISHLARI) OZOD QILINGAN. QUR‘ONDA FAQAT 2 URINDA YAJUJ VA MAJUJLAR HAQIDA AYTIB UTILGAN. SHUNING U’HUN BIZNING ILK HARAKATIMIZ YAJUJ MAJUJ HAQIDAGI BU 2 QURONIY ISHORALAR URTASIDAGI BOGLIQLIKNI URGANISH BULIHI KK. BIRIN’HI ESLATMA QURONNING KAHF SURASIDA, IKKIN’HISI ESA ANBIYO SURASIDA KELGAN. QUYIDA BIRIN’HI ESLATMA: " ULAR DEDILAR: EY ZULQRNAYN ! YAJUJ MAJUJ YERDA FASOD QILDILAR. BIZ SENGA BOJ, TULOV BERSAKDA, SEN ULAR VA BIZNING ORAMIZDA BIR TUGON QURSANG TOKI BIZ UZIMIZNI ULARDAN HIMOYA QILSAK." AL KAHF, 18:84. QURONNING ENG BIRIN’HI KURSATMASI SHUNI KURSATADIKI, YAJUJ MAJUJ ASOSAN FASOD TARQATUV’HI BULGANLAR.RASUL S A V AYTADILARKI YAJUJ MAJUJ ODAM ALAYHISSALOM JAMOASIDANDIR. HADISLAR QURONGA SHUNI QUSHIM’HA QILADIKI ALLOH TAOLO BU FASOD TARQATUV’HI ODAMLAR JAMOASIGA SHUNDAY KU’H QUDRAT BERIB QUYGANKI "DUNYO TILI " BN AYTGANDA YENGILMASDIRLAR." ALLOH TAOLO IYSO A GA QUYDAGILARNI OSHKOR QILDI: MEN BANDALARIMDAN BAZILARIGA SHUNDAY QU’H QUDRAT BERDIMKI ULARGA QARSHI HE’H KIM KURASHA OLMAYDI. SEN BU ODAMLARNI (YONINGDAGILARNI) TUR TOGIGA XAVFSIZ OLIB BORASAN VA ALLOH YAJUJ MAJUJLARNI YUBORADI, ULAR HAR TEPALIKDAN TURLI TOMONGA TARQALADILAR. ULARNING ENG BIRIN’HISI TEBERIAS KULIDAN ( GALILEY KULI, KENERAT KULI DEB HAM NOMLANADI ISROIL DA JOYLASHGAN) UTADI VA I’HIB TUGATADI. QA’HONKI ULARNING OXIRGISI U YERDAN UTR EKAN AYTADI: BU YERDA BIR VAQTLAR KUL BOR EDI. IYSO A VA SAHOBALARI TUR TOGIDA QAMAL QILINADI VA BIR HUKIZ BOSHI ULARGA 100 DINORDAN HAM AZIZROQ BULADI. IYSO A VA UNING SHERIKLARI ALLOH TAOLOGA YOLVORIB DUO QILADILAR VA ALLOH ULARGA BIR HASHAROT YUBORADIKI, ULARNING BUYNILARIGA (ORQA MIYA) HUJUM QILADILAR VA ULAR BIR TANA KABI QULAYDILAR, HALOK BULADILAR. IYSO A VA SAHOBALAR PASTGA TUSHIB KELADILAR VA HAR YERDA SASIYOTGAN VA BUZILAYOTGAN TANALARNI KURADILAR. SUNGRA YANA ALLOH TAOLOGA DUO QILADILAR, SHUNDA ALLOH TAOLO BUYINLARI BAQTIRIYA TUYALARI BUNIDEK QUSHLARNI YUBORADI VA TANALARNI ALLOH XOXLAGA YERGA TASHLAB KELADILAR." (SAHIH MUSLIM) KAHF SURASI BIZGA ZULQARNAYNNING ODAMLAR VA FASOD EGALARI ORASIDA DEVOR QURGANI HAQIDA XABAR BERADI. U TEMIR GISHTLARDAN FOYDALANIB ULARNI ERITILGAM MIS BN QOPLAYDI. SUNGRA U BU DEVORNI UNING ROBBISIDAN BULGAN RAHMAT DEB ATAYDI, LEKIN FAQAT ALLOHNING UZI UNING VADASI KELGANDAGINA U DEVORNI QULATISHI VA YAJUJ MAJUJLARNI OZOD ETISHINI AYTADI." U DEDI: BU MENING ROBBIMNING RAHMATIDIR, LEKIN QA’HONKI UNING VA‘DASI AMALGA OSHADIGAN KUN KELGANDA UNING UZI UNI( DEVORNI) TUPROQQA AYLANTIRADI VA ROBBIMNING VA‘DASI HAQDIR." AL KAHF, 98. QANDAY VA‘DA NAZARDA TUTILAYOTGANDI? BU SAVOLGA JAVOB RASUL S A VNING OXIR ZAMONNING 10 KATTA ALOMATLARI HAQIDAGI HADISLARIDA BERILGAN. U 10 ALOMAT ORASIDA YAJUJ MAJUJNING OZOD ETILISHI HAM BOR. " HUZAYFA IBN USAYD GIFORIY RIVOYAT ETADI: BIZ MUNOZARA QILIB UTIRGANDIK, BIR PAYT RASUL AKRAM S A V KELDILAR VA SURADILAR: NIMA HAQDA BAHSLASHYAPSIZLAR? SAHOBALAR DEDILAR: OXIR ZAMON HAQIDA BAHSLASHYAPMIZ. SUNGRA U ZOT S A V DEDILAR: SIZ 10 ALOMATNI KUMAGUNINGIZ’HA U RUY BERMAYDI VA 1 TUTUN, 2 DAJJOL, 3 YER MAXLUQI , 4 QUYOSHNING GARBDAN ’HIQISHI, 5 IYSO A NING TUSHISHI, 6 YAJUJ MAJUJ, 7,8,9 YERNING U’H JOYIDA YER ’HUKISHI GARBDA, SHARQDA, ARAB SAHROSIDA, 10 YAMANDAN BIR OLOV KELIB HAMMMANI TUPLANISH YERIGA HAYDASHI." (SAHIH MUSLIM)( UQUV’HILAR SHUNI BILISHLARI LOZIMKI BU VOQEALAR XRONOLOGIK TARTIBDA BERILMAGAN.) BOSHQA’HA QILIB AYTGANDHA , TUGON QULATILGANDA VA YAJUJ MAJUJ OZOD ETILGANDA, USHA INSONIYATGA OXIR ZAMONNI BILDIRUV’HI ENG KATTA ALOMATLARDAN BIRI BULADI. SHUNDAY SAVOL TUGILADI: BIZ TUGON QULATILGANI VA YAJUJ MAJUJLARNING OZOD ETILISHI BOSHLANGANINI QAYERDA BILAMIZ. BUNGA HAM ALBBATTA BIRGINA INSON, U HAM BULSA MUHAMMAD S A V GINA JAVOB BERA OLADILAR. KELING QUYIDAGI HADISLARNI URGANAMIZ, SAHIHI BUXORIYDAN OLINGAN BU HADISLAR YUQORIDAGI SAVOLLLARGA JAVOB BERADI. HADIS TURLI KISHILAR TOMONIDAN BIR OZ FARQ BN RIVOYAT QILINGAN VA U MUTAVATIR HADISDIR. " ABU HURAYRA R A RIVOYAT QILADI: PAYGAMBAR S A V YAJUJ MAJJUJ TUGONIDAN BIR TESHIK O’HILDI DEDILAR VA KURSATKI’H VA BOSH BARMOQLARINI BIRLASHTIRDILAR." SAHIH BUXORIY."ZAYNAB BINTI JAHSH R A RIVOYAT QILADILAR: USHA KUNI RASULALLOH S A V UNING HUZURIGA DAHSHAT BN KIRIB KELDILAR VA DEDILAR:l ALLOHDAN BOSHQA ILOH YUQDIR, VAYL BULSIN ARABLARGA ULARGA KELAYOTGA ZULM SABABLI. BUGUN YAJUJ MAJUJ TUGONIDA MANA BUNDAY TESHIK O’HILDI DEDILAR VA BOSH VA KURSATGI’H BARMOQLARINI BIRLASHTIRDILAR. ZAYNAB BINTI JAHSH QUSHIB QUYDILAR: MEN SURADIM; EY RASULALLOH ,BIZNING ORAMIZDA TUGRI YULDAGI KISHILAR BULSALARDA HALOK QILINAMIZMI? U ZOT S A V DEDILAR: HA , AGAR ZOLIMLAR SONI OSHIB KETSA." SAHIH BUXORIY.YUQORIDAGI HADIS BOSHQA YERDA BIR OZ FARQ BN RIVOYAT QILINGAN." IBN ABBOS R A RIVOYAT QILADILAR: RASUL AKRAM S A V TUYALARI USTIDA KA‘BANI TAVOF QILAR EDILAR. QA’HONKI QORA TOSHGA YAQINLASHSALAR UNGA ISHORA QILIB ALLOHU AKBAR DER EDILAR. ZAYNAB DEDILAR: U ZOT S A V YAJUJ MAJUJ DEVORIDA TESHIK BUNDAY BUNDAY O’HILDI DEB BOSH VA KURSATGI’H BARMOQLARINI BIRLASHTIRDILAR." SAHIH BUXORIY. TURT MANBADAN RIVOYAT QILINGAN SAHIHI BUXORIYDAGI BU HADISLAR SHUNI ANIQ KURSATADIKI YAJUJ MAJUJLAR NING OZOD QILINISHI PAYGAMBAR S A V DAVLARIDAYOQ BOSHLANGAN. YANA U ZOT "BUGUN" DEB TA‘KIDLAGANLAR, BUNDAN BILSA BULADIKI, OXIR ZAMON YOKI FITNALAR ZAMONI RASUALLOH S A V NING HAYOTLIK DAVRLARIDAYOQ BOSHLANGAN. OXIR ZAMON VA UZ DAVRLARINING YAQINLIGINI PAYGAMBAR S A V QUYIDA AYTIB UTGANLAR." SAHL IBN SAAD RIVOYAT QILADI: MEN RASUALLOH S A V NING KURSATGI’H VA URTA BARMOQLARINI JIPSLASHTIRIB, MENING KELISHIM VA OXIR ZAMON QIYOMATNING KELISHI XUDDI SHUNDAY, BUYUK FITNA HAMMA NARSANI QAMRAB OLADI ; DEGANLARINI KURDIM" SAHIH BUXORIY.QUR‘ON ISHONUV’HILARGA YAJUJ MAJUJLARNING OZOD ETILGANI TUGRISIDAGI UTA MUHIM ALOMATLARNI KURSATIBGILNA QOLMAY, HOZIRDA BIZNING ZAMONAMIZDA DUNYO ULAR TOMONIDAN BOSHQARILAYOTGANI TUGRISIDA HAM MUSTAHKAM DALILLAR KURSATADI.QUR‘ONI KARIMNING ANBIYO SURASI YAJUJ MAJUJLARNING TUGONI BUZILGANI VA ULAR HOZIRDA DUNYO HUKMDORLARI EKANLIGIGA ISHORA QILADI." LEKIN, BIZ VAYRON ETGAN SHAHARDA TA‘QIQ BORDIR: QAYSIKI UNING AHOLISI U YERGA QAYTMAYDILAR, TOKI YAJUJ MAJUJ UZLARINING TUGONLARIDAN OZOD QILINMAGUNI’HA VA ULAR HAR BIR TEPALIKDAN TUSHIB KELMAGUNLARI’HA ( YOKI HAR TOMONGA YOYILMAGUNLARI’HA.) (ANBIYO SURASI, 21:95/)KELING ENDI OYATLARNI URGANAMIZ, QA’HONKI YAJUJ MAJUJ OZOD QILINGANDA VA HAR TEPALIKDAN TUSHIB KELGANDA YOKI HAR TOMONGA TARQALIB KETGANDA, SHUNDAN SUNG USHA SHAHAR AHLI YANI ALLOH TAOLO TOMONIDAN JAZOLANGAN VA VAYRON QILINGAN SHAHARGA KIRISHDAN TA‘QIQLANGANLAR, U SHAHARGA QAYTARILADILAR. YAJUJ MAJUJLAR BN BOGLIQ HADISLARDA, ALLOH TAOLO TOMONIDAN VAYRON QILINGAN YAGONA SHAHAR TILGA OLINGAN. U QAYSI SHAHAR BILASIZMI? U HAM BULSA QUDDUSI SHARIFDIR YANI ISROIL HUDUDIDA JOYLASHGAN VA BAR’HA DINLARNING BIRLASHGAN JOYI. QUYIDAGI HADISDA YAJUJ MAJUJLARNING MUQADDAS YERDA JOYLASHGAN GALILEY KULIDAN UTISHLARI TUGRISIDA ISHORA KELGAN.:"NAVVOS IBN SAM‘UNDAN RIVOYAT QILINADI: SHUNDAY VAZIYATDA ALLOH TAOLO USHBU SUZLARNI TUSHIRDI , AYTDI: MEN BANDALARIMDAN BA‘ZILARIGA SHUNDAY QUDRAT BERDIMKI, ULARGA QARSHI HE’H KIM KURASHA OLMAYDI. SEN BU ODAMLARNI TUR TOGIGA XAVSIZ HOLDA OLIB BORASAN VA ALLOH YAJUJ MAJUJLARNI YUBORADI VA ULAR HAR BIR QIYALIKDAN OQIB KELADILAR. ULARNING BIRIN’HISI TIBERIAS KULIDAN YANI GALILEY KULIDAN UTADI VA UNI I’HIB TUGATADI. QA’HONKI OXIRGISI UNDAN UTAR EKAN ,DEYDI: BU YERDA BIR VAQTLAR SUV BOR EDI." (SAHIH MUSLIM_ GALILEY KULIDAN UTGANDAN SUNG YAJUJ MAJUJLAR QUDDUSDA JOYLASHGAN TUR TOGI TOMONGA YUL OLADILAR." YAJUJ MAJUJLAR AL KHAMR TOGIGA BORADILAR, U TOG ESA BAYTUL MAQDISDA JOYLASHGAN." ( SAHIH MUSLIM)TOKI YAJUJ MAJUJLAR BN BOGLIQ HADISLARDA ALLOH TAOLO VAYRON ETGAN QUDDUSDAN BOSHQA SHAHAR AYTILMAGAN EKAN, BIZ SHUNDAY XULOSAGA KELAMIZKI ANBIYO SURASI (95-96) DA ISHORA ETILGAN SHAHAR FAQATGINA QUDDUS BULISHI MN.BU XULOSADAN VA SHAHARNING BELGILARIDAN SHUNDAY MA‘NO KELIB ’HIQADIKI, YAHUDIYLARNING (QUVILGAN QAVM) MUQADDAS YERGA QAYTISHLARI YAJUJ MAJUJ DEVORINING ALLOH TAOLO TOMONIDAN QULATILGANI VA BIZNING YAJUJ MAJUJLAR DAVRIDA YASHAYOTGANIK VA SHUNINGDEK OXIRZAMONDA YSHAYOTGANIMIZGA ANIQ VA QAT‘IY DALIL BULADI." Iltimos shu haqda uz fikr-mulohazaringizni bildirsangiz. Shu Qur‘oniy va Sahih hadislar asosidagi dalillarga suyanib hozirda Yajuj Majuj tugoni ochilgan deya olamizmi? Javobingiz uchun oldindan katta rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni yolg‘iz Allohning O‘zi biladi.Ya’juj-Ma’jujQiyomatning bu alomati haqida Qur’oni Karimning «Kahf» va «Anbiyo» suralarida oyatlar kelgan.Alloh taolo «Kahf» surasida:«Ular: «Ey, Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj er yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to‘siq qilib berurmisan?» – dedilar», degan (94-oyat).O‘sha ikki tog‘ orasidagi biron gapni anglamaydigan qavm Zulqarnaynga Ya’juj va Ma’jujdan shikoyat etdilar. Ularning er yuzidagi buz-g‘unchiliklaridan arz qildilar.«Ular: «Ey, Zulqarnayn, albatta, Ya’juj va Ma’juj er yuzida buzg‘unchilik qilguvchilardir».Ya’juj va Ma’juj haqida ham juda ko‘p gaplar bor. Bu ham taxminiy gaplardan iboratdir. Biz esa, o‘z odatimizcha, Qur’oni Karimdagi ma’lumotlar bilan kifoyalanamiz. Shunisi xayrli.«Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to‘siq qilib berurmisan?» – dedilar».Mazkur qavm Zulqarnayndan, agar xaroj to‘plab bersak, o‘sha Ya’juj va Ma’jujlar bilan bizning oramizga to‘siq qurib berasanmi, deb so‘radilar. Shu bilan ularning hujumlaridan, buz-g‘unchiliklaridan qutulmoqchi bo‘ldilar.Zulqarnayn mazkur qavm bilan Ya’juj va Ma’juj orasida radm–ulkan va mustahkam to‘siq qura boshladi. Dastlab:«Menga temir parchalarini keltiring», –dedi.Ya’ni, odamlarni temir topib kelishga buyurdi. Ular olib kelgan temir parchalarini o‘sha ikki tog‘ orasiga to‘plata boshladi.«Nihoyat, ikki tog‘ tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», –dedi».Ya’ni, temir parchalarini to‘plab-to‘plab, ikki tog‘ orasini to‘ldirdilar. Undan keyin Zulqarnayn bosqonlar bilan dam urib, temirlarni qizitib, eritishga kirishdi.«Nihoyat, u(to‘p temir)ni o‘tga aylantirgach: «Olib kelinglar ustidan mis quyaman», – dedi» (96-oyat).Ya’ni, ikki tog‘ orasiga to‘plangan temirni bos-qonlar bilan dam urib alangalatib, eritib olov holiga keltirdilar. Ana shunda Zulqarnayn odamlariga, endi eritilgan mis olib kelinglar, olov bo‘lib turgan temir ustidan quyaman, dedi.Mis aralashgan temir yanada mustahkam bo‘lishi yaqinda kashf etildi. Demak, o‘sha zamonda ham Zulqarnayn Alloh unga bergan ilm orqali bu sirni yaxshi bilgan va juda mustahkam devor qurib, haligi qavmning Ya’juj va Ma’jujning hujumlaridan saqlanishiga yordam bergan.«Bas, ular uning ustiga chiqa olmadilar, uni teshib ham o‘ta olmadilar» (97-oyat).Ya’ni, Ya’juj va Ma’jujlar Zulqarnayn qurgan radm–devor to‘siq ustiga chiqa olmadilar va ular uni teshib ham o‘ta olmadilar. Zul-qarnaynga Ya’juj va Ma’jujdan shikoyat qilib yordam so‘ragan qavmlar omonlikka erishdilar. Zulqarnayn ishni juda ham puxta amalga oshirgan edi. Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu Suf-yoni Savriy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutahharalari ummul mo‘miniyn Zaynab binti Jahsh onamiz quyidagilarni aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyqularidan yuzlari qizargan hollarida «Arablarning holiga yaqinlashgan yomonlikdan voy bo‘lsin, bugun Ya’juj va Ma’juj radmi–saddidan mana shuncha ochildi», deb turdilar, bosh va ko‘rsatkich barmoqlarini halqa qilib ko‘rsatdilar. Men: «Ey, Allohning Rasuli, ichimizda ahli solihlar bo‘la turib halok bo‘lamizmi?»–dedim. «Ha, agar yomonlik ko‘paysa»,–dedilar u zot».Shuningdek, imom Muslim, imom Termiziy, imom Ibn Moja, imom Ahmad, imom Abu Dovudlarning rivoyatlarida ham Ya’juj va Ma’juj haqida xabarlar kelgan.Alloh taolo «Anbiyo» surasida:«Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida. Va haq va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang, kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik. Yo‘q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar», degan (96-97-oyatlar).«Kahf» surasida aytib o‘tilganidek, qiyomatning alomatlaridan biri–Zulqarnayn qurgan sadd-to‘g‘on ochilib, Ya’juj va Ma’jujlar chiqib ketishidir. Ushbu oyatda:«Nihoyat, Ya’juj va Ma’juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida» deb aytilmoqda.Demak, ular juda ko‘p bo‘lib, ko‘pliklaridan yurganlarida xuddi sel oqqandek oqib kelar ekanlar.«...va haq va’da yaqinlashgandagi holni ko‘rsang...»Ya’ni, qiyomat qoim bo‘lgandagi holni ko‘rsang, uning dahshatidan, qo‘rqinchi va azobidan«...kufr keltirganlarning ko‘zlari chaqcha-yib», ya’ni qotib qoladi.Ko‘zlarini yuma olmaydilar. Ayni paytda, o‘z hollariga yig‘lay boshlaydilar:«Holimizga voy! Bizlar bundan g‘aflatda edik».Ya’ni, qiyomat qoim bo‘lib, hamma qayta tirilib, so‘roq-savol, hisob-kitob, jazo-mukofot bo‘lishidan g‘aflatda edik. Bunday bo‘lishini o‘ylab ko‘rmagan edik.«Yo‘q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.»Yo‘q, biz g‘aflatda emas edik. Balki, bilib turib tayyorgarlik ko‘rmagan edik. Ishonmagan edik. Zulm qilgan edik, derlar.Aqoid ilmi ulamolarimiz Ya’juj va Ma’juj haqidagi oyati karima va hadisi shariflarni mukammal o‘rganishib, quyidagi xulosani aytadilar:«Ya’juj va Ma’juj juda ham ko‘p sonli bir qavm bo‘lib, ularning chiqishlari qiyomatning alomatlaridan bir alomatdir. Ular er yuzini fasodga va xarobga to‘lg‘azadilar. Ularning qachon chiqishini esa, Alloh taolodan boshqa hech kim bilmaydi».

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar