Silai rahmni buzib qo‘ymadimmi?
Assalomu alaykum! Alloh ilmingiza rizqingizga baraka bersin. Sizlarni qimmatli vaqtingizni olayotganim uchun uzr, javobingzga oldindan rahmat. Men namoz o‘qiyotganimga ikki yildan oshdi. Ota-onam tarafdan namoz o‘qiydiganlar yo‘q, ular har mehmondorchilik vaqtida ko‘pincha xamr ichishadi. Oxirgi vaqtda meni qarshiligim sabab bunday ziyofatlar bizlarning uyimizda kamaydi. Endi men batamom to‘xtatishni o‘ylab ziyofatdan bir xafta oldin xamrni uyga kirgizmadim. Shu sababli qarindoshlarim “bizlarga bu uyda joy yo‘q ekan” deb arazlab chiqib ketishdi. Shu bilan menga bzlgan munosabatlari uzuldi. Endi nima qilay? Menga xech kim yaxshi muomalada bo‘lmayapti. Avvallari hamma qarindoshlar bilan eng qalini men edim, hozir esa aksi. Bu uzilish asta-asta bo‘lib, oxiri shunday tugadi. Savolim uzun bulib ketgani uchun uzur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri ishni qilgansiz. Alloh O‘zidan qo‘ymasin. Siz taqvoda mustahkam bo‘ling. Duolaringizda ularga ham tavfiq so‘rang, ular bilan muomalangizni oldingidan ham chiroyli qiling. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush