Saxixmi?

Assalomu alaykum! "«Poistine, u Allaxa est takie rabы, kotorыe ne yavlyayutsya ni prorokami, ni shaxidami. No proroki i shaxidы budut zavido- vat im, ix mestu i ix blizosti k Vsemoguemu i Vsevыshnemu Allaxu v Den Voskreseniya». V odnoĭ iz storon sidel beduin; uslы- shav xadis, on vstal, potom sel na koleni i, sdelav dvijenie rukoĭ, skazal: «O Poslannik Allaxa, rasskaji nam pro nix, kto oni?». I tut ya uvidel, kak Prorok (s.a.s.) obradovalsya i skazal: «Oni toje rabы Allaxa. I budut oni vыxodtsami iz raznыx plemën. Oni bu- dut chestnы mejdu soboĭ i budut lyubit drug druga radi Allaxa. Allax otvedët dlya nix tribunы iz sveta, na kotorыx oni budut vossedat. Ix kachestvami v etoĭ jizni yavlyaetsya to, chto oni ne boyatsya, kogda lyudi budut boyatsya. Oni — istinnыe priblijën- nыe Allaxa, kotorыe ne znayut ni straxa, ni pechali».(al Xakim) Sharxlab bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu sahih hadis. Termiziyning lafzida: «Mening jalolim ila muhabbat qilishganlarga nurdan minbarlar bordir. Nabiylar va shahidlar ularga havas qilurlar», deyilgan. Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, Allohning bandalaridan ba’zi odamlar borki, ular nabiy ham, shahid ham emaslar. Ularning Alloh taolo huzuridagi makonlariga qiyomat kuni nabiylar va shahidlar havas qilurlar», dedilar. «Yo Allohning Rasuli, ular kimligining xabarini bizga aytasizmi?» deyishdi. «Ular o‘zlari qarindosh bo‘lmasalar ham, oralarida molyaviy oldi-berdilari bo‘lmasa ham Allohning ruhi ila muhabbat qilishgan qavmlardir. Allohga qasamki, albatta, ularning yuzlari nurdir. Ular nurdadirlar. Odamlar xavfda bo‘lganlarida ular xavfda bo‘lmaslar. Odamlar mahzun bo‘lganlarida ular mahzun bo‘lmaslar. Ogoh bo‘linglar. Allohning avliyolariga xavf bo‘lmas va ular mahzun ham bo‘lmaslar», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Bu hadisi sharifdagi «Allohning ruhi»dan murod Qur’oni Karimdir. Alloh taoloning O‘zi Qur’oni Karimda «Shunday qilib Biz senga O‘z amrimizdan bo‘lgan ruhni vahiy qildik» degan. Shundan gohida Qur’oni Karimni ruh deb ham ataladi. O‘zlari qarindosh bo‘lmasalar ham, oralarida molyaviy oldi-berdilari bo‘lmasa ham Allohning ruhi ila muhabbat qilishgan qavmlar Alloh taoloning Qur’oniga amal qilgan odamlardir. Ana shunday odamlar ushbu hadisi sharifda zikr etilgan ulug‘ maqomga erishar ekan. BIRODARLIK ALOQALARI ODOBI Alloh taoloning «Hujurot» surasidagi: «Albatta, mo‘minlar birodardirlar», degan oyatiga binoan nomi mo‘min borki bir-biriga birodardir. Ammo bu umumiy birodarlik bo‘lib, unga oid haqlarni musulmoning musulmondagi haqi sarlavhasi ostida o‘rganib chiqdik. Voqe’likda mazkur umumiy iymon birodarligi bilan bir qatorda xususiy birodarlik – do‘stlik ham mavjudligini hammamiz yaxshi bilamiz. Ushbu xususiy birodarlik mo‘minlar ichidagi yakka shaxslar orasida o‘rnatilib, jamiyatdagi umumiy birodarlikni mustahkamlashga va boshqa ko‘pgina yaxshiliklarga xizmat qiladi. Shuning uchun ham ruhiy tarbiya ustozlari bu ishga alohida ahamiyat berganlar va bu tarzdagi insoniy aloqalarni ulfatchilik va do‘stlik deb nomlaganlar. ULFAT VA DO‘STLIK FAZLI Albatta, ulfat bo‘lish husni xulqning samarasidir. Tafriqa esa, yomon xulqning samarasidir. Husni xulq muhabbat, ulfatchilik, muvofiqlikka sabab bo‘ladi. Yomon xulqning samarasi hasadlashuv, yomon ko‘rish va dushmanlikdan iboratdir. Islomda husni xulqning o‘rni qanchalik ekani hech kimga, hatto musulmonmaslarga ham sir emas. Husni xulqning fazli xususida Alloh «Qalam» surasida: «Albatta, sen ulug‘ xulqdasan», degan (4-oyat). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan odamlarni ko‘proq jannatga kiritadigan narsa haqida so‘raldi. Bas, u zot: «Allohga taqvo qilish va husni xulq», dedilar. Termiziy rivoyat qilgan. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Qaerda bo‘lsang ham, Allohga taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir, bu uni o‘chiradi. Odamlarga husni xulq ila muomala qil», dedilar». Termiziy rivoyat qilgan. Avval ham aytib o‘tilganidek, ulfat ham husni xulqning samaralaridan biridir. Alloh taoloning muhabbati, Islom va taqvo asosida qurilgan ulfatchilik oyat, hadis va asarlarda maqtalgandir. Alloh taolo «Anfol» surasida: «Agar er yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini ulfat qila olmas eding. Lekin Alloh ularni ulfat qildi», degan (63-oyat). Insoniyat tarixida turli xalqlar, qabila-urug‘lar va millatlarni Islomchalik ulfat qilgan - birlashtirgan tuzum yoki mafkura yo‘q. Bo‘lmaydi ham. Kishilar qalbida Islom munosib o‘rin olgan joylarda va zamonlarda millatchilik, mahalliychilik va tarafkashlikning salbiy ko‘rinishlari tamoman yo‘qolgan. Chunki Islom birodarligi irq, nasab, til, qabila, qavm asosida emas, Allohga muhabbat va taqvo asosida bo‘ladi. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min ulfat bo‘luvchi va ulfatga tanlanuvchidir. Ulfat bo‘lmagan va ulfatga tanlanmagan kimsada yaxshilik yo‘q», dedilar». Tobaroniy va Hokim rivoyat qilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishi o‘zining boshqa qishloqdagi birodarini ziyorat qildi. Alloh uning yo‘liga kutib turadigan farishtani qo‘ydi. Uning oldiga kelgan paytda: «Qayoqqa bormoqchisan?» dedi. «Ushbu qishloqdagi birodarimni xohlayman», dedi. «Unda sen ko‘zlagan ne’mat bormi?» dedi. «Yo‘q. Faqat men unga Alloh azza va jalla uchun muhabbat qilganman», dedi. «Men senga Allohning elchisiman. Batahqiq, sen unga muhabbat qilganingdek, Alloh senga muhabbat qildi», dedi». Muslim rivoyat qilgan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo qiyomat kuni: «Mening jalolim ila muhabbat qilishganlar qani? Bugungi kunda Men ularni O‘zimning soyamdan o‘zga soya bo‘lmagan kunda O‘z soyamgan olurman» deydi», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh.

29 Aprel 2022, 14:53 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar