Ehtilom bo‘lganda

Assalomu alaykum! Avvalo xayirli ishlaringizga Alloh barakot berib barchamizga amal qilguvchi ilmlarni ziyoda qilsin amin. Ba’zi o‘rinlarda sharoit shunaqa bo‘lib qoladiki, ehtilom bo‘lganda kiyim ham g‘usl qilgani ham sharoit bo‘lmay qolib, namoz payti kelganda kiyimida nami turgan paytda nima qilinadi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi bir namozni o‘qigach keyingi namozni qanday o‘qishning taraddudini ko‘rishi kerak. Xuddi safarga chiquvchi kishi issiq-sovuq kiyimlari, poyafzallarini tayyorlagani kabi namozga ham tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi. Kiyimga kelsak uni almashtirib olish oson, g‘uslga keladigan bo‘lsak uyalmasdan g‘usl qilish kerak. Havo sovuq yoki cho‘miladigan joyning imkoni bo‘lmasa, g‘uslga tayammum qilib, namozga tahorat qilib o‘qiladi. Sharoit bo‘lishi bilan g‘usl qilib oladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar