Doktorlarga dori korxonalar tomonidan moddiy ta’minot

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savollarimizga qo‘lda kelganicha Alloh yordami ila javob berib kelyapsizlar, juda ko‘p narsalarni bilib kelyapmiz. Bilamizki xozirgi kunda dori-darmonlar ko‘p xolatlarda shifokorlar tomonidan belgilangan korxonalarni dori vositalarini (retsept) asosida yozib berishyabdi, shifokorlarga bundan ularga ma’lum miqdorda (pora) moddiy ta’minot bor.
1. Ularni topgan puli halolmi?
2. Shularni bilib turib ularga karton korobka, yorliqlar qadoqlash uchun xizmat ko‘rsatib ishlab chiqarib beramiz bizni topgan daromatimiz halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Kerakli dorini yozganiga halol. Keraksiz yoki yozganidan arzoni kifoya qiladigan dori bo‘laturib qimmatini yozsa halol emas. Bu xiyonat hisoblanadi. 2). Topganingiz halol. Sizni ishingizni ham noto‘g‘ri deyiladigan bo‘lsa, odamlarga umuman eydigan narsalarni sotmaslik kerak bo‘lib qoladi. Chunki ular sizdan sotib olgan narsani cho‘chqa yog‘iga qo‘shib pishirib eyishi ham mumkinku. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar