Ro‘za duolari

Assalomu alaykum hurmatli Shayh hazratlari,Og‘iz ochish va og‘iz ochish duolarini o‘qish qanchalik muhim, ya‘ni ba‘zida eng muhimi bu niyat digan gaplani eshitamiz. Kecha barvaqt turib saharlik qildim, lekin tishimni yuvib keyin duoni o‘qiyman deb unutibman, qarasam og‘iz yopish vaqtidan kechikibman. Shu kuni odatdagiday emay ichmay yurdim, ro‘zam qabulmi yoki qazo tutamanmi?Tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ro‘zangiz qabul. Niyat duosini o‘qish shart emas. Ichida qilgan niyat etadi. Saharlikka turishning o‘zi niyat emasmi?

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 179 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar