O‘z xotinini urish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolim noo‘rin bo‘lsa ming bor uzur. Kecha bir yig‘inda  bo‘ldik. Eshitishimcha erkak kishi (xox mastlikda bo‘lsin xox tetiklikda) o‘z jufti xalolini (xotinini) ursa va bunga javoban ayol bularga chidab eriga yana xurmat ko‘rsatsa va xech qanday arazsiz yashasa juda katta savob oladi deyishdi. Shu gaplar rostmi? Agarda er faqat tarbiya berish uchungina ursa (albatta nasixatlar kor qilmaganda) va bu ayolning sog‘ligiga xech qanday zarar ko‘rsatmasa, er uchun gunox yozilmaydi deyishdi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz "Baxtiyor oila" kitobini o‘qing. Dinimiz har qanday vaziyatda ham oilaviy tarbiyaning muloyimlik asosida bo‘lishini targ‘ib qiladi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar