Qazo namozini necha yoshdan deb hisoblash

Yoshim 29 da. Tahminan 8-9 yildan buyon namozni to‘liq ado etib kelyapman. Hozir qazo namozlarimni o‘qishni boshladim. Necha yillik qazo namozim borligini aniq bilmayman. Sababi balog‘atga etgan yoshimni eslay olmayapman, ya’ni birinchi marta qachon extilom bo‘lganimni aniq bilmayman. Shuning uchun men namozlarimni necha yoshimdan qazo bo‘lgan deb hisoblashim kerak? Ayolim ham xuddi shunday holatda. Lekin birinchi hayz ko‘rishi odatdagidan ancha kechroq bo‘lganini eslar ekan. Bu holatda ayolim necha yoshdan qazo namozlarini hisoblashi kerak?  
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Ikkingiz ham ijtihod qilib, bir muddatni balog‘atga etgan vaqti deb ta’yin qilasizlar. Albatta, oyi kunini anqlash qiyin. Hech bo‘lmasa yilini ta’yin qilish iloji bor. Gap o‘zingizga qolgan.

26 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 176 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar