Taloq olish haqida
Assalomu alaykum! Bir yigit bilan qiz turmush qurib, bir yil yashashgan. Yigit kasalligi tufayli o‘z erlik vazifasini bajara olmagan. Qiz bir yil sabr bilan kutgan, xech qanday natija chiqmagach eridan ajrashib ketgan. Oradan yana bir yil o‘tsa ham yigit qizni taloq qo‘ymayapti. Qizni boshqaga turmushga chiqishiga imkon bermayapti. Qiz bu holatdan qanday chiqib ketishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar vaziyat xuddi siz aytandek bo‘lsa, qoziga uchrab, holatni bayon qilish kerak. Qozi (sud yoki imom) “erlik vazifasini bajara olmayotgani uchun nikohni bekor qildim” desa qiz idda o‘tirib, boshqaga turmushga chiqishi mumkin. Er taloq bermagan taqdirda ham qozining hukmi bilan nikoh bekor bo‘ladi. Albatta bu ishni qozi bajarishi kerak. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 02:15 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush