Ayollarning qosh terishi
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men kelin bo‘lganimga 5 bo‘ldi alxamdulillax. Oilamiz juda islomiy va axil oila. Qosh terish og‘ir gunoxligini saytingizni o‘qib tushundim avval yangi kelinligimda men xam qoshimni terar edim xozirda 1 yildan oshdi umuman termayapman. Lekin qaynonam doim terib yuradilar to‘g‘rirog‘i o‘zim terib qo‘yaman. Ko‘p marotaba terish gunoxligini aytdim namoz o‘qiydila, islomiy ayolla Qur’on kitob xam doim o‘qib yuradilar, lekin qoshlarini xam doim terdiralla Alloh O‘zi kechirsin endi termasam bo‘lmaydida deb terib qo‘y deydila. Men yo‘q deyolmayman. Saytingizda o‘qiganimda terganga xam terdirganga bir xil gunox yoziladi deyilibdi. Qaynonamga gap qaytargan bo‘lib qolaman termayman desam deb indayolmayman. Kanalingizni xam doim kuzatib yuradilar biladila gunox ishligini shu ish xaqida gap boshlasam bo‘ldi deb gapirma deyla. Bu xolatda men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Maslaxatingizga muxtojman. Javobingizni kutaman. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaynonangiz terib qo‘y desa “Yo‘q, gunohingizga sherik bo‘lmayman” deb ayting. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 167 | Ayollarga oid masalalar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaynonangiz terib qo‘y desa “Yo‘q, gunohingizga sherik bo‘lmayman” deb ayting. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 13:46 | Savol-javoblar | 167 | Ayollarga oid masalalar