Najasni poklash haqida

Assalomu alaykum! Ko‘chada o‘qish yoki biror ish yuzasidan yurganimizda avratimizdan najas chiqanini sezsak va namoz vaqti kirib qolsa qanday yo‘l tutish mumkin?  Shayx hazratlari bu masalada tahoratxonaga kirganda tozalab olish mumkin deb javob qilganlar. Lekin boshqa savolda agar najas tekkan joy qurib qolsa pok bo‘ladi, degan javob qilganlar. Yana fatvoga ko‘ra agar najas suyug‘i kaftdek, quyug‘i 2.9 gramm dan oshmasa namoz o‘qish joiz degan ma’lumotni ham o‘qidim. Agar najas chiqanini sezsag-u uni qaerga tekkanini bilmasak qanday poklash mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunda taharriy qilinadi. Ya’ni qaerga tekkanini tahmin qilib, g‘olibi gumonni olinadi. Shu erga tekkan bo‘lsa kerak degan gumon bo‘lsa o‘sha erni o‘zini yuviladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar