Motrudiya aqidasi

Assalomu alaykum! Aqiydada Motrudiy mazhabidamiz, fiqhda esa Hanafiy mazhabida. Imom Motrudiy Abu Hanifadan keyin yashaganlar. Nega fiqhda ham  va aqiydada ham Abu Hanifa mazhabida emasmiz?  Abu Hanifa davrida aqiyda ilmlari bo‘lmaganmi? Yoki Abu Hanifa faqat fiqhda ilmiy meros qoldirganmilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Biz aqiydada ham, fiqhda ham Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabidamiz. Imom Moturidiy ham Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhabidalar. Hozirda ko‘p kishilar imom Moturidiy nima deganlarini ham tushunmaydilar. U kishi ahli sunna val jamoa e’tiqodiga zid bo‘lmagan holatda o‘z davrlarida chiqqan mujassima(Alloh taologa jism isbot qiluvchi) va mushabbiha(Alloh taoloni maxluqotlarga o‘xshatuvchi)larga raddiya tarzda Alloh taoloning ism sifatlarini ta’vil qilib, o‘sha davr ommasini kufrga ketib qolmasligiga sababchi bo‘lganlar. Chunki u davr Yunon va Rum falsafasi nihoyatda avj olgan davr bo‘lib, odamlar ularning falsafasiga ko‘r-ko‘rona ergashganlar. Hozirgi kunda bunday falsafa yo‘q. Shuning uchun odamlar Imom Moturidiyning qadrlarini ham, xizmatlarining qiymatini ham his qila olmaydilar. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 10:40 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar