O‘z haqqini ximoya qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men ilmim ozlik qilib bir narsada qiynalyabman. Xulqimni chiroyli qilish yo‘lida xarakat qilyabman. Shunday vaziyatlar bo‘lyabdiki, ba’zi kishilar shariyat va jamiyat qoidalariga xilof ravishda mening xaqqimni poymol qilishyabdi. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Yomonlikka yaxshilikni ergashtir.» va «Kim xaq bo‘laturib talashib tortishishni tark qilsa, unga jannatning o‘rtasida uy quriladi» kabi ajr savoblar va’da qilingan xadislarga asoslanib u insonlarni kechirib yuborsam, bu ishni savob uchun emas xaqqimni ximoya qilishdan qo‘rqqanimdan, bandasiga qarshi chiqishdan qo‘rqqanimdan, qo‘rqoqlik tufayli qildim degan xayollar kelib tushkunlikka tushyabman. Keyingi safar o‘z xaqqimni ximoya qilsam, dunyo matoxini deb kimgadir ozor berdim, savobdanam quruq qoldim deb yana tushkunlikka tushyabman. Ustozlar, musulmon kishi o‘z xaqqini qanday vaziyatlarda ximoya qilib, qanday vaziyatlarda kechirib yuborishi kerak? Iltimos mendan maslaxatingizni ayamang. Bizni musulmonlardan qilgan va iymondek ulug‘ ne’matni bergan Allohga hamd bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi har qanday holatda o‘z haqqini ximoya qilishga ega. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Molini ximoyasida vafot topgan kishi shahiddir” deganlar. Odamlarning molini qalloblik bilan olishga o‘rgangan kishilar bo‘lsa, ularda molni qoldirmaslik kerak. Chunki qoldirish ularning qallobligiga ko‘maklashish hisoblanadi. Tortishayotgan odam nochor va muhtoj bo‘lsa ularga qoldirgan ma’qul.  Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:09 | Savol-javoblar | 171 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar