Savob o‘rniga o‘tsa qaniydi!
Men, o‘tgan yili kelgan arab delegatsiyasiga bir tanishimning iltimosiga binoan savob uchun murshidlik qildim. Masjidlar, bozorlar, tarixiy obidalarni ko‘rsatdim (bepulga). Yurtimizdan o‘tib ketgan mashhur allomalar haqida ma’lumotlar bilan ulashdim. Kunlarning birida, delegatsiya a’zolarining bir vakili, menga alkogolsiz pivo sotib olmoqchiligini aytdi. Rozi bo‘ldim va shahar aylanib faqat do‘konda borligini bildim. Shunaqa do‘konni ham topdik, spritsiz pivosi bor ekan. Ammo sherigimning niyati boshqacha (yomon) ekan. U ichimliklarni xarid kilishga kirishib ketdi. Bu joyni manzilini bilib olib, har kuni mast qiluvchi ichimliklar olgani serqatnov bo‘lib qoldi. Men bu holatdan hayratda qoldim. Men o‘zimni bu ishda uning gunohiga sherik bo‘lib qolishimdan vijdonim qiynalyapti. Uni xamr ichishiga sababchi bo‘lib, o‘z mashinamda unga shu ma’siyatni topishda ko‘mak berdimmikan deb o‘ylanib yuribman. Shariatimiz bunga qanday qaraydi? Rahmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Haromga sababchi bo‘lish ham gunoh.
26 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Haromga sababchi bo‘lish ham gunoh.
26 May 2022, 19:21 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar