Qurbonlik nisobi

Assalomu alaykum! Oilada asosan men nisob egasiman, lekin “keyingi safar meni nomimdan qilamiz” deb qurbonlikni erim nomidan qildik. Oilada erni yoki xotinni nisob egasi bo‘lishi muhimmi? Ya’ni oila uchun topilgan pulga ikkalasi ham haqli emasmi? Bunday holda qilgan qurbonligimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nisob egasi bo‘lish muhim. Kim nisob egasi bo‘lsa o‘shanga vojib bo‘ladi. Xotin topgan pulini eriga hadya qilsa erniki bo‘laveradi. Agar siz nisob egasi bo‘lib eringiz nomidan qilingan bo‘lsa, endi sizga o‘rtacha qo‘yning qiymatini faqir-miskinlarga sadaqa qilishingiz vojib. Qurbonlik kuni o‘tganidan keyin qurbonlik qilish ham yo‘q, keyingi yilda qo‘shib so‘yish ham yo‘q. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:44 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar