Xadislarni o‘qish

Assalomu alaykum! Men Saxixul Buxoriy turkumini xarid kilganimga yarim yildan oshdi, xali o‘qishni boshlamadim, chunki o‘qiganim bilan u ilmdan qanday manfaat topishni bilmayman, aniqrog‘i u kitobdan qanday to‘g‘ri foydalanishni, vaqtim ketib qoladimi deb qo‘rqaman, ilmsizligim tufayli. Ustozolar, savolim shuki, ushbu kitobni savob umidida sharxi bilan shunchaki o‘qib ketaveramanmi yoki u kitobdan avval boshqa bir kitobni o‘qib chiqish kerakmi? 2) "Allohumma alhimnii rushdii va qinii sharro nafsii " ushbu jumlani manosi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Oltin silsila kitoblarini olib o‘qishingiz mumkin. Unda hadislar batafsil sharhlanmagan. Hadislarni sharh va izohlari bilan o‘qimoqchi bo‘lsangiz sizga “Hadis va Hayot” kitobini tavsiya qilamiz. 2. Allohim menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgin va nafsimni yomonligidan saqla. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar