Ishxonadagi taxorat oladigan joy

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Bermoqchi bo‘lgan savolimga javobni tuliq topa olmadim izlash sahifasidan. Shu sababli murojaat qilmoqdaman. Bizning ishxonamizda xojatxonaga kattaroq xona berilib 3 ta alohida kabinkalarga bo‘lingan. Biroq kabinkalar alyumin plastik romlardan yasalgan bo‘lib, baland patalokli xonada balandligi 2 metr (patalokgacham 1 metr ochiq joy bor), poldan 30 sm balandlikgacham ochiq joyi bor. Aynan shu xonada qo‘l va oyoq yuvish uchun joy xozirlanmoqda. Bundan tashqari ishxonada boshqa millat va boshqa din vakillari ham bo‘lib (Xitoyliklar xamda hamda xristianlik dinidagi boshqa ishchilar), ular xam aynan shu xojatxonadan foydalanishadi va ular biz taxorat olayatganimizga e’tibor berishmaydi va o‘zlarining katta kichik xojatlarini qilaverishadi. Savolim shuki aynan najosat xali xonadan suv bilan chiqib ketmagan bo‘lsa, kabinkalar alohida xona sifatida qaralishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 03:49 | Savol-javoblar | 189 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar