Zamonaviy fotosessiya yoki dinsizlik!

Assalomu alaykum! Hozirgi "zamonaviy" kelin kuyovla to‘ydan oldin fotosessiya qilishvoti. Buni nima keregi bor disez xa estalikde to‘ydan oldingi yurishladan deyshadi. Kelajak avlodlarimiz uchun estalik qovottiku diyshadi. Xo‘p endi masala 1tomondanmas boshqa tomondan ko‘rilsachi. O‘sha fotosessiyada xali maxram bo‘lmagan yigit qiz qo‘l ushashib bir biriga yopishvolib rasmlaga tushishadi. Ming milliy libosdami u yoki evropacha kiyimdami. O‘sha yopishib tushvotkan payt xali nikoxsiz insonlani xissiyotlari o‘ynamasligiga kim kafolat beradi. Xar xolda shariatda nikoxdan oldingi bunaqa xolatla mumkin bo‘lmagan to‘g‘rirog‘i xarom amalmasmi? Dinimizda shunaka xolatga qanaqa tavsiyami maslaxatmi yoki qandaydir cheklovlar beradi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mutlaqo joiz emas. Dindan uzoqlashgandan keyin shunday bo‘lar ekanda. Bu amal siz aytganingizdek harom amal hisoblanadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 15:41 | Savol-javoblar | 173 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar