Noqonuniy tok

Assalomu alaykum! Uyimizda 1979-1980 yillardan buyon noqonuniy tok (levыy) yoniq ekan. Biz buni endi bildik MIB xodimlari tomonidan. Shuncha yildirki biz u tokdan foydalanib kelar edik. Manna shu tok yordamida uy ishlarini qilar edik, ya’ni choy qaynatib ichar edik, kir yuvilar edi, tahorat, g‘usl qilar edik va h.k. Endi biz haromdan eb, ichib g‘usl qilganmizmi? Agar shu ishlatgan tokimiz harom bo‘lsa, hisoblab biror masjidgami yoki muhtojlargami bersak halol bo‘ladimi? Shu suvdan tahorat qilib o‘qigan namozlarni qayta (qazo) qilib o‘qishimiz kerakmi? Shu suv yordamida yuvilgan kiyimlarimizni qaytadan toza suvda yuvishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Masjidga emas, biror faqir-miskinga berishingiz mumkin. Qaytadan o‘qishga yoki yuvishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 08:19 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar