AYoLLARNI XAM XATNA KILISh ODATI BORMI?

ASSALOMU ALAYKUM FAZILATLI ShAYX XAZRATLARI, MUXTARAM USTOZ!Sizga bir nechta savollar bilan murojaat kilishga ijozat bergaysiz:1. Bir kitobda ukib koldim, yoki internetdami anik yodimda yuk, Valloxu a’lam. Kaysidir xalkda ayollarni xam xatna kilishadi deyilgan. Shu masalaga aklim ojizlik kildi. Rostdan xam ayollarni xatna kilish odati bormi? 2. Majma’ ul Maksud (Muxtasar ul vikoyaning sharxi)da «Nikox» bobida jinsiy aloka odoblari xakida yozilgan. Unda yozilishicha, erkak kishi aloka vaktida ayol kishining andomiga karasa bola gilay buladi kabi bir necha shunday makruxliklar xakida aytilgan. Lekin “Islom.uz”da ukidimki: «Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Yahudiylar, agar erkak xotiniga orqa tomondan oldiga yaqinlik qilsa bola g‘ilay bo‘ladi, der edilar. Shunda «Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekanzoringizga xohlagan tomoningizdan keling», oyati nozil bo‘ldi». To‘rtovlari rivoyat qildilar. Yaxudiylarga xilof ularok bolaning qandoq bo‘lishiga yaqinlik qilish holati sabab bo‘lmaydi» deyilgan. Umuman olganda jinsiy aloka vakti, xolati bolaning kanday xolatda tugilishiga ta’sir utkazadimi? 3. Fikx kitoblarida Bomdod namozidan keyin toki kuyosh nayza buyi kutarilguncha va asr namozidan keyin toki kuyosh botguncha nafl ukish makrux deyilgan. Lekin kazo namozlarini, janoza namozini ukish va sajdai tilovat kilish durustdir deyilgan. Shu ikki vaktda utmishda ukiy olmagan namozlarni ukisa buladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ba’zi issiq o‘lkalarda, misol uchun Misrda qizlarni xatna qilish bor.2. Javob savolingizda turibdi.3. Qazo namozi o‘tmishda o‘qiy olmagan namozdir. Savolingizni qayta o‘qing.
21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 90 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar