Qabr ustiga gul qo‘yish

Assalomu alaykum! Qaynotam olamdan o‘tganlar Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Qaynonam ularni ziyorat qilishga xar borganimizda qabrlari ustiga gul qo‘yadilar. Biz er-xotin bu noto‘g‘ri ekanligini bir necha marta aytdik, Qur’on tilovat qilish eng yaxshisi ekanligini tushuntirdik, lekin foyda yo‘q, gapimizdan xafa bo‘layaptilar. Shunga iltimos shu mumkin yoki mumkunmasligi xakida tushuntirish bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu boshqa din vakillarining urf-odatlari. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qabrlarni qanday ziyorat qilishni o‘z hadislarida bayon qilib berganlar. U zot Baqi’ qabristoniga borib qabr ashoblarining haqqiga istig‘for aytib duo qilar edilar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 04:37 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar