Tutishga ikkilanib qolgan qazo ro‘zalarim
Assalomu alaykum! Ramozon oyida ro‘za tutgan edim. Taxorat olayotganimda og‘zimdan yoki burnimdan suv aniq ketib qolganiga ishonch xosil qilsam shu tutgan ro‘zam buzilganini va qazosi vojib bo‘lganini bilardim, lekin shunday vaziyatlar bo‘ldiki (3 marta) men taxorat olayotgan paytimda og‘zimdan yoki burnimdan suv ketib qoldi deb o‘ylab qoldim. Men aniq suv ketganiga ishonmadim va kunning oxirigacha ro‘zamni tutib shom vaqti kirganda iftorlik qildim. Shunday holat bo‘lgan kunlarni belgilab qo‘ydim. Men aniq bilmayman suv ichimga tushdimi yoki yo‘q. Endi shu (3 kunlik) ro‘zamning qazosini tutaymi yoki qazo vojib bo‘lmadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtiyotan “oxirgi qoldirgan ro‘zam” deb qazosini tutib bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtiyotan “oxirgi qoldirgan ro‘zam” deb qazosini tutib bering. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:24 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za